Tarix falsafasi

Tarix falsafasi

O'quvchilarga / Falsafa
Tarix falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Tarix falsafasi Malumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning rivojlanish jarayonidagi o'rnini faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog'lab, yani umumiy tarixiy jarayon doirasida o'rganilgan taqdirdagina tushunish mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo'lgan savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi qaysi yo'nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu savollarning barchasiga falsafaning «tarix falsafasi» degan nom olgan bo'limi javob beradi. Hozirgi darsliklarda tarix falsafasining predmetini, uning tuzilishi va funksiyalarini yoritishga lozim darajada etibor berilmaganini hisobga olib, mazkur bo'limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz. Tarixning mazmunini aniqlash yo'lidagi izlanishlar. Bilimning integral shakli sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni sintez qiladi. U gumanitar fanlar - psixologiya, san'atshunoslik, semiotika, san'atga murojaat etadi. Tarix falsafasining asosiy vazifalaridan biri - o'zgaruvchan va murakkab ijtimoiy dunyoda hayot mazmuniga doir mo'ljallarni topish, insoniyat mavjudligining har bir muayyan davrida uning oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilashdir. Har bir inson va kishilik hamjamiyati hayotining burilish davrlarida uning oldida hayot mazmuni nimada degan savol ko'ndalang bo'ladi. Tarixning mazmun va mohiyatini anglab etish borasidagi ilk urinishlarga qadimgi faylasuflarning asarlarida duch kelish mumkin. Tarix ularning talqinida oldinma-ketin yuz beradigan voqealar majmui sifatida namoyon bo'lgan. Tarix tavsifi ancha to'liq bo'lgan, bazan bo'yab ko'rsatilgan, lekin ularning hikoyatlari tarix haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini bermagan. Bu narrativ tarixdir.(tarixchining talqini, interpretatsiyasi) Keyinchalik qadimgi faylasuflar tarixni uzluksiz takrorlanib turadigan jarayonlar, «abadiy ortga qaytish» (F.Nitsshe) sifatida tasavvur qilganlar. Diniy an'ana tarixning butunlay boshqacha talqinini taklif qildi. O'rta asrlarda ilohiy taqdir asosiy tarixiy kuch sifatida etirof etildi. Tarixiy voqealarning ichki mantiqi alohida mazmun kasb etdi: Xudo nafaqat tarixiy jarayonni boshqaradi, balki adashgan insoniyatga gunohlardan forig' bo'lish, jannatdagi boqiy hayotga erishish yo'lini ko'rsatadi. Avreliy Avgustin o'zining «Ilohiy shahar haqida» asarida boqiylik va muvaqqatlik, ilohiylik va dunyoviylikning birligi to'g'risida so'z yuritadi. Uning fikricha, Iso Masih insoniyatga boqiylik sari yo'l ko'rsatgan. Tarixning mazmuni - boqiylikka eltuvchi yo'ldan borishda, inson hayotining mazmuni esa - Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig' bo'lishdadir. Ibn Xaldun tarixning mazmuni haqida mulohaza yuritar ekan, uni, inson hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd etadi. Ammo, shunga qaramay, tarixning mazmuni haqida erkinlik, ijod tushunchalariga tayanib so'z yuritish mumkin, deb hisoblaydi. Tarixning harakatida Ibn Xaldun obyektivlashuvning inson ustidan hukmini kamaytiradigan, uning erkinligi va ijodining tantanasini qaror toptiradigan jarayonlarni aniqlashga harakat qiladi. Tarixda mazmunning mavjudligi haqidagi tasavvur, shuningdek O'rta asrlar falsafasi ilk bor ta'riflab bergan insoniyatning taraqqiyoti g'oyasi ancha yashovchan bo'lib chiqdi: u turli yo'nalish va oqimlarga mansub faylasuflar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.07 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.07 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga