Tushunish va tushuntirish

Tushunish va tushuntirish

O'quvchilarga / Falsafa
Tushunish va tushuntirish - rasmi

Material tavsifi

Tushunish va tushuntirish Tushunish va uning bilish bilan o'zaro nisbati. Tushunish va uning bilish (va tushuntirish) bilan o'zaro nisbati muammosi ko'pdan beri muhokama qilinadi. U bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan va ko'p jihatdan bahslidir. Masalan, Diltey tushunishni matn muallifining ma'naviy dunyosiga kirish sifatida tavsiflagan bo'lsa, Xaydegger uchun tushunish insonning borliqqa o'ziga xos munosabati, insonning dunyoda mavjud bo'lish usulidir. Gadamer fikriga ko'ra, o'tmish madaniyatini tushunish talqin qiluvchining o'zini tushunishi bilan uzviydir. Shu sababli tushunish predmetini muallif matnga joylagan mano emas, balki mazkur matn orqali anglab etilishi lozim bo'lgan moddiy mazmun («ishning mohiyati») tashkil etadi. Bunda, Gadamer fikriga ko'ra, har qanday tushunish til muammosidir: unga «til mediumi»da erishiladi (yoki erishilmaydi) va isbotlashni taqozo etmaydi. Hozirgi adabiyotlarda tushunish turlari, tiplari va darajalarining har xil tasniflari mavjud. Masalan, G.I.Ruzavin tushunishning uch asosiy turini farqlaydi: A) Dialogda til vositasida aloqa qilish jarayonida yuzaga keladigan tushunish. Tushunish yo tushunmaslik natijasi bu yerda suhbatdoshlar o'z so'zlariga qanday mano yuklashiga bog'liq. B) Bir tildan boshqa tilga tarjima qilish bilan bog'liq tushunish. Bu yerda o'zga tilda ifodalangan manoni ona tili so'zlari va gaplari yordamida ifoda etish va saqlash nazarda tutiladi. V) Matnlarni, badiiy adabiyot va san'at asarlarini, shuningdek odamlarning turli vaziyatlardagi qilmishlari va harakatlarini talqin qilish bilan bog'liq tushunish. Bu yerda manoni intuitiv tushunishning o'zi etarli bo'lmaydi. Bu tushunishning birinchi darajasi. Tushunishning ikkinchi darajasi tadqiqotning boshqa, xususan: mantiqiy-metodologik, aksiologik, kulturologik vosita va metodlarini jalb qilishni taqozo etadi1. Tushunish to'g'risida so'z yuritganda, yana ikki muhim jihatga etiborni qaratish kerak: 1. Germenevtik doira prinsipi tushunishning muhim jihati hisoblanadi. U tushunishning siklik xususiyatini aks ettiradi. Mazkur prinsipi tushunish va tushuntirishni bog'laydi: nimanidir tushunish uchun uni tushuntirish kerak va aksincha. Mazkur o'zaro aloqa butun bilan qismning doirasi sifatida ifoda etiladi: butunni tushunish uchun uning alohida qismlarini tushunish kerak, alohida qismlarni tushunish uchun esa butunning manosi haqida tasavvurga ega bo'lish lozim. Masalan, so'z - gapning qismi, gap - matnning qismi, matn - madaniyat unsuri va sh.k. 2. Germenevtik doira - «olmaxon g'ildiragi» emas, zero, unda tafakkur qismlardan avvalgi butunga emas, balki o'z qismlarining bilimi bilan boyigan butunga, yani boshqa butunga qaytadi. Germenevtik doira dialektik xususiyatga ega: unda to'liq va chuqur tushunishdan yanada to'liqroq va chuqurroq tushunishga tomon harakat sodir bo'ladi, mazkur harakat jarayonida tushunishning yanada keng ufqlari namoyon bo'ladi. Tushunishni hozirgi davrga bog'lash kerakmi? Mazkur masala yuzasidan ikki asosiy qarash mavjud: A) Kerak emas. Mazkur qarashga ko'ra, matnni muvofiq tarzda tushunish unga muallif yuklagan manoni ochib berishni nazarda tutadi. Yani avtor yuklagan manoni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.94 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.94 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga