Yangi va eng yangi davr falsafasi 2

Yangi va eng yangi davr falsafasi 2

O'quvchilarga / Falsafa
Yangi va eng yangi davr falsafasi 2 - rasmi

Material tavsifi

Yangi va eng yangi davr falsafasi Yangi davr falsafasining tabiiy-ilmiy asoslari. XVII asrdan boshlab tabiatshunoslik jadal suratlarda rivojlanadi. Dengizlarda kemalarning yurish ehtiyojlari astronomiyaning rivojlanishini, shaharsozlik, kemasozlik, harbiy ish - matematika va mexanikaning rivojlanishini belgilaydi. Yangi fan avvalo moddiy ishlab chiqarish amaliyotiga: to'qimachilik sanoatida mashinalar ixtiro qilinishiga, ko'mir va metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish qurollarining takomillashuviga tayanadi. E.Torrichelli havo bosimi mavjudligini eksperimental yo'l bilan aniqladi, simobli barometr va havo nasosini ixtiro qildi. I.Nyuton mexanikaning asosiy qonunlarini, shu jumladan butun olam tortishish qonunini ta'rifladi. R.Boyl kimyoda mexanikani qo'lladi, kimyoviy element tushunchasini ishlab chiqdi. Ingliz fizigi U.Gilbert magnit xossalarini va uning amalda qo'llanilishini o'rgandi. V.Garvey qon aylanishini kashf etdi va uning rolini empirik usulda tadqiq etdi. R.Dekart va G.Leybnits matematika, mexanika, fizika va fiziologiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo'shdi. Ijtimoiy fanlarda tabiiy huquq nazariyasi ishlab chiqildi (Angliyada T.Gobbs, Gollandiyada G.Grotsiy). Fanning bunday rivojlanishi o'z davrining falsafasiga ham ta'sir ko'rsatmay qolmadi. Falsafada sxolastika va dindan uzil-kesil ajralish yuz berdi: diniy aqidalarning hukmronligiga, cherkovning ta'siri va tazyiqiga qarshi kurashda aqlning har narsaga qodirligi va ilmiy tadqiqotning cheksiz imkoniyatlari haqidagi ta'limot vujudga keldi. Yangi davr falsafasiga avvalo tabiatshunoslikdan kelib chiqadigan kuchli materialistik tendensiya xos. XVII asrda Yevropaning yirik faylasuflari qatoriga F.Bekon, T.Gobbs va J.Lokk (Angliya), R.Dekart (Fransiya), B.Spinoza (Gollandiya), G.Leybnits (Germaniya) kiradi. Yangi davr G'arb va Sharq falsafasidagi asosiy muammolar (ontologiya va gnoseologiya). Yangi davr, avvalo XVII asr falsafasida ontologiya, yani borliq va substansiya haqidagi ta'limotga katta etibor beriladi (ayniqsa harakat, makon va zamon to'g'risida so'z yuritilganda). Fan va falsafaning vazifasi - insonning tabiat ustidan hukmronligini kuchaytirishga, inson sog'lig'i va go'zalligiga ko'maklashish hodisalarning sabablarini, ularning muhim kuchlarini o'rganish zarurligi anglab etilishiga olib kelgan. Shu sababli substansiya va uning xossalari muammolari Yangi davrning deyarli barcha faylasuflarini qiziqtirgan. Bu davr falsafasida «substansiya» tushunchasini tavsiflashga nisbatan ikki xil yondashuv paydo bo'lgan: birinchi yondashuv substansiyani borliqning chegaraviy asosi sifatida ontologik tushunish bilan, ikkinchi yondashuv - «substansiya» tushunchasini, uning ilmiy bilim uchun zarurligini gnoseologik jihatdan anglab etish bilan bog'liq. Birinchi yondashuv asoschisi - ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) substansiya shakllarining xususiyatlariga tavsif bergan va substansiyani muayyan narsalar shakli bilan ayniylashtirgan. Uning fikricha, materiya sariqlik, moviylik, qoramtirlik, iliqlik, og'irlik va boshqa shunga o'xshash xossalarga ega. Bular materiyaning eng sodda xususiyatlaridir. Bu xossalarning turli birikmalaridan tabiatning rang-barang narsalari vujudga keladi. Materiyaning sifat jihatidan har xilligi haqidagi ta'limotni F.Bekon o'zining shakl va harakat haqidagi ta'limoti bilan quvvatlagan. Uning talqinida shakl - bu narsaga xos bo'lgan xususiyatning moddiy mohiyati. U Platon va Aristotelning shakl haqidagi mushohadalari bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 106.63 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 106.63 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga