Borliqdagi universal aloqadorlik va o'zgaruvchanlik

Borliqdagi universal aloqadorlik va o'zgaruvchanlik

O'quvchilarga / Falsafa
Borliqdagi universal aloqadorlik va o'zgaruvchanlik - rasmi

Material tavsifi

Borliqdagi univyersal aloqadorlik va o'zgaruvchanlik Reja: Universal aloqadorlik g'oyasi O'zaro aloqadorlik va o'zgaruvchanlik Universal aloqadorlik tiplari Falsafiy kategoriyalar a) Universal aloqadorlik g'oyasi Falsafada narsa va hodisalarning universal, umumiy aloqadorligi g'oyasi alohida ahamiyatga molik. Narsalarning, hodisalarning o'zaro aloqa-dorligini ilg'ab olish mushkul emas: hayotimizning o'zi bunga ko'plab mi-sollar keltiradi. Zotan, maishiy turmushimizda binodagi shart-sharoitlar-ning inson salomatligiga ta'sirini, ob-havoning hosildorlik darajasiga ta'sirini ko'p takrorlaymiz. Bunday aloqadorlikning nisbatan murakkab ko'rinishlari mavjud. Masalan, tabiiy shart-sharoitlar millatning menta-litetiga, turmush tarziga ta'sir o'tkazadi. Ijtimoiy faoliyat esa, o'z nav-batida, tabiiy shart-sharoitlarga jiddiy ta'sir o'tkaza boradi. Hozirgi zamon falsafasi bundan-da e'tiborliroq aloqadorliklarning sir-sinoat-larini aniqlashga ham intiladi. Biroq bir hodisaning boshqasiga o'tib turishi, bir narsaning ikkinchisiga ta'sir ko'rsatishi - borliqning muhim atributi, xususiyati ekanligini anglash uchun jiddiy falsafiy mushohada yuritmoq lozim. Chun-ki borliqning har qanday atributi xususida fikrlash uchun mavhum tafak-kur yuritishning eng yuqori darajasiga ko'tarilmoq darkor. Binobarin, bor-liqdagi universal aloqalar mohiyatini bilishga yuksak falsafiy madaniyatga ega bo'lgan shaxsgina qodirdir. Borliqdagi universal aloqadorlik g'oyasi ko'p asrlar davom etgan fal-safiy munozaralar va mulohazalar mahsulidir. Qadimgi Xitoy, Hindiston va Yunonistondayoq faylasuflar borliqda universal aloqadorlik mavjud-ligini tushunib yetgandilar. Antik falsafa vakillari olamdagi narsa va ho-disalar qarama-qarshi xususiyatlarga egaligini, ushbu xususiyatlar o'zaro aloqadorligini, bir-biriga o'tib turishini (issiq sovuqqa, quruq ho'lga va hokazo) qayd etgan edilar. Asta-sekinlik bilan ushbu mulohazalar borliq-ning o'zgaruvchan xarakterga egaligi haqidagi, boshqacha aytganda o'zgarish to'g'risidagi fikrlarga borib taqaldi. b) o'zaro aloqadorlik va o'zgaruvchanlik Uzoq davr borliq o'zgarmas xarakterga ega, deb hisoblanardi. Olam-ning o'zgaruvchanligi haqidagi tasavvur o'z davrida buyuk kashfiyot bo'lgan edi. Xitoy, Hindiston va Yunoniston mutafakkirlarining xulosalariga ko'ra, borliqning barcha shakllari o'zgaruvchan xarakterga ega. Ularning o'zgarishi uchun ma'lum vaqt kerak bo'ladi, bu vaqt mobaynida narsa yoki hodisa o'z xususiyatlarini yo'qotib, yangilarini kasb etib boradi. Albatta, qadimgi davr mutafakkirlari harakatning turli shakllari xususida ilmiy ma'lumotlarga ega emasdilar, ularning xulosalari mantiqiy fikrlashning mahsuli edi, xolos. Shunga qaramasdan ular masalaning asosiy mohiyatini ilg'ab ola oldilar: borliqdagi barcha narsalar bir-biriga ta'sir o'tkaza boradilar, ushbu ta'sir, o'zaro aloqadorlik ularning o'zgarishiga olib keladi. O'zaro aloqadorlik va o'zgarish haqidagi ilk tasavvurlarni dao mada-niyatida ko'rishimiz mumkin. Masalan, «Xuaynantszi» kitobida borliqning besh moddiy va besh ma'naviy elementdan tashkil topgani, bu elementlar o'zaro birlashtirilgan gorizontal va vertikal xochlardan (krestlardan) ibo-ratligi uqdiriladi. Moddiy elementlarni ifodalovchi gorizontal xoch quyidagicha tasavvur etiladi Sxema 1 Olov Daraxt Tuproq Metall Suv Moddiy elementlar bir-biriga ta'sir ko'r- satgan holda o'zgarib boradi. Ular orasi-dagi o'zaro ta'sir va o'zgaruvchanlik manti-g'i biz tilga olgan kitobda quyidagicha tasavvur etiladi: 1. Daraxt voyaga yetadi, Suv qariydi, Olov tug'iladi, Metall asir bo'ladi, Tuproq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.55 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.55 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga