Dunyoqarash va uning strukturasi

Dunyoqarash va uning strukturasi

O'quvchilarga / Falsafa
Dunyoqarash va uning strukturasi - rasmi

Material tavsifi

Dunyoqarash va uning strukturasi Reja: Dunyoqarash va uning strukturasi Dunyoqarashning tarixiy tiplari Falsafiy dunyoqarash Falsafaning asosiy funksiyalari Falsafaning ilmiyligi 1. Dunyoqarash va uning strukturasi Falsafa olamiga qadam qo'yar ekanmiz, odatda u yoki bu muammosi, ba'zi faylasuflarning nomlari bilan tanish ekanligimiz ma'lum bo'ladi. Chunki bolalik chog'larimizdanoq olam haqidagi ilk bilimlarimizni jamlash bilan birga insoniyat taqdiri, kishilar hayoti va mamoti, orzu-umidari, tashvishlari va quvonchlari haqida o'yga tolamiz. Shu tariqa ongimizda faylasuflarni asrlar mobaynida tashvishga solib kelgan muammolar yuzasidan fikrlar, mulohazalar shakllani boradi. Olam qanday yaralgan? Undagi moddiylik bilan ma'naviylik o'rtasida qanday aloqadorlik mavjud? Olamga zaruriyat ustunmi yoki tasodifmi? Olamdagi o'zgarishlar qay tarzda yuz beradi? Harakat nima, progresschi? Progresning asosiy mezonlari nimalardan iborat? Haqiqatni yolg'ondan qanday ajratmoq lozim? Vijdon, mas'uliyat, halollik, adolat, go'zallik deganda nimani tushunish kerak? Shaxsning jamityatdagi o'rni qanday? Inson hayotining mazmuni va ma'nosi nimadan iborat? Ushbu abadiy savollar ko'lami turli muammoal hisobiga boyib bormoqda. Insonparvar, demokratik jamiyat nima? Bunday jamiyatni barpo etish retsepti mavjudmi? Bugungi kunda sayyoramizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy va ekologik vaziyatni qanday baholash kerak? Insoniyatga tahdid solayotgan xavf-xatarlardan qutulish imkoni bormi? Qanday qilib insonparvarlik g'oyalarini saqlab qolish mumkin? Hazrati inson olamda o'z o'rnini aniqlashga, belgilashga intilishi tufayli bunday mulohazalarga ehtiyoj tug'ilgan. Kishining falsafa bilan g'oyibona tanilishining sababi ham ana shunda. Falsafiy tafakkur olamiga qadam qo'yayotgan har bir kishi yuqoridagi muammolarga o'zining kundalik turmushidagi xulosalarga asoslanib javob beradi. Falsafiy mushohada esa insondan o'z fikrlarini har tomonlama ilmiy isbotlashni talab qiladi. Shuningdek, falsafani o'rganishga kirishishimiz bilan ba'zi tasavvurlarimizning noto'g'ri, xatoligiga amin bo'lamiz. Zero, falsafa kishining mulohazalarini xatolardan xoli qiladi, rivojlantiradi, olam va odam to'g'risidagi qarashlarni sistemalashtiradi. Dunyoqarash muammolariga ongli munosabatda bo'lish esa shaxsni shakllantirishning zaruriy shartidir. Barcha kasb sohiblari uchun falsafa suv-havo kabi zarurdir. Chunki falsafa har bir mutaxasisga o'z sohasini mukammal o'rganishi uchn zamin yaratadi, olamni yaxlit holda tasavvurqilish imkonini beradi. Darhaqiqat, har bir kishi o'z kasbining mohir ustasi bo'lishi bilan birga keng dunyoqarashga ega bo'lishi zarur. Dunyoqarash esa insonning amaliy faoliyati tufayli boyib, rivojlanib boradi. Shuning uchun ham falsafani o'rganishni dunyoqarash strukturasi tahlil qilishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Dunyoqarash - inson ongining zaruriy qismidir. Biroq u ongning elementlaridan biri emas, ularning murakkab yig'indisidir. Bilimlar, e'tiqodlar, fikr-mulohazalar, kayfiyatlar, his-tuyg'ular dunyoqarash strukturasidan joy olar ekan, kishilarning olam haqidagi yaxlit tasavvurlarini, tushunchalarini vujudga keltiradi. Dunyoqarash - integral tuzilma bo'lib, uning barcha elementlari o'zaro aloqadordir. Dunyoqarash strukturasida esa eng asosiy o'rinni umumlashtirilgan bilimlar egallaydi. Ushbu bilimlar hajmi qanchalik bo'lsa, inson dunyoqarashi ham shunchalik keng bo'ladi. Ulardan tashqari dunyoqarash strukturasida qadriyatlar ham alohida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.36 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.36 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga