Falsafa AXMYeDOVA M.A. umumiy muharrirligi ostida O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy o'quv yurtlari uchun darslik sifatida tavsiya qilingan Toshkent - 2005 Mualliflar guruhi rahbari - M.A.Axmedova, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, professor.; rahbar muovini - V.S. Xan, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. Mualliflar: tarix fanlari doktori, professor D.A. Alimova; falsafa fanlari doktori, professor X.A. Alikulov; tarix fanlari doktori Z.X. Arifxanova; tarix fanlari nomzodi B. Babadjanov; falsafa fanlari nomzodi, dotsent E. Babaeva; katta o'qituvchi I.N. Bekmuratov, falsafa fanlari doktori, professor Imomalieva R.M.; falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.M. Qodirov; tarix fanlari nomzodi M.M. Komilov; falsafa fanlari doktori, professor B.R. Karimov; falsafa fanlari nomzodi, dotsent R.R. Karimov; tarix fanlari doktori A. Muminov; falsafa fanlari nomzodi, dotsent R.R. Nazarov; falsafa fanlari nomzodi, dotsent G.V. Nikitchenko; falsafa fanlari doktori M.N. Nuritdinov; falsafa fanlari nomzodi, dotsent D.A. Pulatova; falsafa fanlari doktori S. Sanginov; falsafa fanlari doktori B.O. Turaev; falsafa fanlari doktori, professor U.J. Xaydarov; filologiya fanlari doktori, professor O.N. Shamatov; falsafa fanlari nomzodi, dotsent S. Yuldashev. Darslikda falsafa asoslari yangi metodologik yondashuvlar hisobga olingan holda tizimli bayon etilgan. Darslik mazmuni dunyoda ko'pchilik tomonidan tan olingan falsafiy bilim strukturasiga mos keladi. Unda falsafa tarixiga, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi, shuningdek, G'arb va Sharq falsafasiga keng o'rin berilgan. Darslikda falsafadagi metodologiya va metod, ontologiya, gnoseologiya, fan falsafasi, texnika falsafasi, falsafiy antropologiya, ijtimoiy falsafa, din falsafasi, aksiologiya, tarix falsafasi, global muammolar falsafasi kabi masalalar o'z o'rnini topgan. Unda O'zbekistonning mustaqillik davridagi rivojining falsafiy masalalariga alohida etibor qaratilgan. Darslik talabalar, magistr va aspirantlar, shuningdek, falsafaga qiziquvchi barcha o'quvchilarga mo'ljallangan. KIRISh Malumki, falsafa inson ma'naviy hayoti va bilimlarining qadimiy tarmog'i hisoblanadi. Barcha mamlakatlar va mintaqalardagi odamlar qariyb uch ming yildan buyon turli shakllarda, avval afsonalar shaklida, keyinchalik muayyan nazariy tuzilmalar tizimi va bir butun konsepsiyalar shaklidagi «insonni o'rab turuvchi olam aslida nima hamda unda inson qanday o'rin va vazifani egallaydi?» degan savolni ko'ndalang qo'yadi va bu savolga javob berishga urinadi. Hozir, XXI asr boshida ham dunyoda ko'rsatib o'tilgan savollarga javob berishga urinuvchi ko'plab nazariy konsepsiyalar mavjud. Shuni takidlash joizki, o'tmishdagi va hozirgi kundagi falsafiy qarashlar ko'p jihatdan bir-biridan farq qiladi. Biroq shunday bir umumiylik ham mavjudki, u mazkur savollarni aynan falsafiy savollarga tenglashtirish imkoniyatini beradi. Bu umumiylik «Olam va odam», «Men - Men emas», «Men - U» degan masalalarni qo'yish va ularga javob berishdan iborat. Falsafa tarixining har bir bosqichida, har bir falsafiy tizimda inson mazkur savollarga oid javoblardan haqiqat zarralarini izlab topishga urinadi. ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
748.96 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
748.96 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: docx