Nazariya va amaliyotning birligi Amaliyot. Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi. Bu insonning butun bilish jarayoni sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi, uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo'lga solinishini anglatadi. Amaliyot mazmuni va shakllariga ko'ra, moddiy nematlar yaratish; ijtimoiy-siyosiy faoliyat; ilmiy-amaliy faoliyat kabi turlardan iborat. Shuningdek amaliyot odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining rang-barang shakllarini qamrab oladi. Ijtimoiy amaliyot ehtiyojlari doim bilish rivojlanishining negizi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida amal qiladi. Yer maydonlarini o'lchash, vaqtni hisoblash, savdoda hisob-kitoblarni amalga oshirish zarurati matematik bilimlarning rivojlanishiga yo'l ochdi. Binolar, ariqlar, to'g'onlar, kemalar, mashinalar va hoka'zolarni qurish ehtiyojlari mexanikaning rivojlanishiga olib keldi. Ijtimoiy amaliyot bilishning negizi hisoblanishi haqida so'z yuritganda ilmiy bilish jarayonining nisbatan mustaqil ekani unutmaslik kerak. Zero amaliyot bilan belgilangan murakkab bilvosita xususiyatga ega. Bilishning har bir bosqichida ilmiy tafakkurning oldingi rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan muammolar echiladi. Shu sababli fanning u yoki bu yutuqlarini u yoki bu tarixiy davrning amaliy tajribasi va ehtiyojlariga bog'lashga urinish xato bo'lur edi. Inson tafakkuri doimo oldingi avlodlardan olingan bilimlar majmui va fanning oldingi rivojlanish jarayonida qo'yilgan muammolar bilan ish ko'radi. Fan bu muammolarni echib, amaliyotdan o'zishi va unga ongli ravishda yo'l ko'rsatishi mumkin va lozim. Amaliyot - odamlarning tarixan shakllangan ehtiyojlarini qondirish uchun u yoki bu obyektni o'zgartirish maqsadidaga ta'sir ko'rsatish faoliyatidir. Bilishga nisbatan amaliyot uch xil vazifani bajaradi. Birinchidan, u bilishning manbai, harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi, bilishga umumlashtirish va nazariy o'rganish uchun zarurni material beradi. Shu tariqa amaliyot bilishni oziqlantiradi, u real hayotdan uzoqlashishga yo'l qo'ymaydi. Ikkinchidan, amaliyot bilimlarni tatbiq etish sohasidir. Shu manoda u bilishning maqsadidir. Uchinchidan, amaliyot bilish natijalarining haqiqiyligini tekshirish mezoni. Bilishning amaliyot sinovidan o'tgan natijalarigina amalda obyektiv ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Shunday qilib, amaliyot - barcha bosqichlarda bilishning shakllanish va rivojlanish negizi, bilim manbai, bilish jarayoni natijalarining haqiqiyligi mezondir. Tajriba tushunchasi har xil manoga ega: tajriba (empiriya) mavhum fikr yuritishga qarshi qo'yiladi va shu manoda u kuzatish va eksperimentni tushuncha hisoblanadi. Hayot tajribasi, mashina haydash, ma'ruzalar o'qish va shu kabilar manosidagi bilim va ko'nikmalar darajasi ham tajriba deb ataladi. O'z-o'zidan ravshanki, inson borliqni yolg'iz o'zi tushunib etmaydi: haqiqatni bilish tajribaga asoslanadi, deganda, ildizlari o'tmishga, asrlarning yig'ma va jamlanib boradigan tajribasiga borib taqaluvchi vorisiy axborot nazarda tutiladi. Individual tajriba, agar u mavjud bo'lgan taqdirda ham, haqiqatni anglash uchun mutlaqo etarli bo'lmaydi. Ilmiy tadqiqot predmetini tanlashga, bilimning rivojlanish yo'nalishi va suratlariga, uning yutuqlaridan foydalanish xususiyatiga juda ko'p ijtimoiy omillar, chunonchi: moddiy ishlab chiqarish ehtiyojlari; ijtimoiy-siyosiy hayot; jamiyatning iqtisodiy tizimi; hukmron dunyoqarash xususiyati; ijtimoiy ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.15 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
46.15 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:06 ]
Arxiv ichida: docx