Falsafada tushuncha

Falsafada tushuncha

O'quvchilarga / Falsafa
Falsafada tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Tushuncha Reja: Tushuncha tafakkur shakli sifatida. Tushunchalarning turlari. Tushunchalar o'rtasidagi munosabatlar. Tushunchalarning bo'lish qoidalari. Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Belgilar deb predmetlarni bir - biridan farq qildiruvchi va bir - biriga o'xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Xar bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan aloqada bo'lganligi (bevosita yoki bilvosita) uchun uning belgilari cheksiz. Ularning bazilari faqat bitta predmetga xos bo'lib, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetlarning malum bir gruppasiga tegishli bo'lib, umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan, xar bir kishi faqat o'zigagina xos bo'lgan yuztuzilishi, bo'yi va shu kabi yakka (individual) belgilarga ega. Shuning bilan birga u kishilarning malum bir gruppasiga (milliy xususiyatlar) yoki barcha kishilar (mehnat qilish, fikr yuritish qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilish va shu kabilar) xos bo'lgan umumiy belgilarga ega. Yakka (individual) va umumiy belgilarning bazilari predmetning mavjud bo'lishi uchun zarur bo'lib, uning ichki tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning muhim belgilari deyiladi. Tushuncha hissiy bilish shakllaridan farqli o'laroq inson miyasida to'g'ridan - to'g'ri paydo bo'lmaydi. U malum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash va umumlashtirishdan iborat. Taqqoslash yordamida predmetlar o'zaro solishtirilib, ularning o'xshash, umumiy tomonlari va bir - biridan farq qiluvchi maxsus (spetsifik), yakka (individual) belgilari aniqlanadi Taqqoslash solishtirib ko'rishni (analizni) taqozo qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bo'lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko'ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar fikran ajratilishi lozim. Analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, xar qaysisi alohida o'rganiladi. Sintez analizga teskari usul bo'lib, u ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun xoliga keltirishdan iborat. Analiz va sintez uzviy bog'liqdir. Sintez bo'lmasa predmet haqida yaxlit bir fikr hosil qilib bo'lmaydi. Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullari bilan aniqlangan umumiy va yakka (individual) belgilarning muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu ega abstraktsiyalash yordamida amalga oshiriladi. Umumlashtirishda ega predmetlar ularning umumiy, muhim xususiyalariga ko'ra gruppalarga birlashtiriladi va shu tariqa bittatushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi. Tushunchaning shakllanishi so'z bilan uzviy bog'liq. Ular o'rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o'rtasidagi bog'lanishning konkret shaklda namoyon bo'lishidir. Tushuncha so'z va so'z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan, «talaba», «moliya - iqtisod fakulteti», «Toshkent Moliya Instituti» va shu kabilar. Tushunchaning mazmuni va xajmi. Xar bir tushuncha o'z mazmuni va xajmiga ega. Tushunchaning mazmuni unda fikr qilinayotgan narsaning muhim belgilari yig'indisidan iborat. Masalan, «fan»tushunchasining mazmuni fanning muhim belgilari, yani uning inson amaliyotining nazariy umumlashmasi ekanligi, tushunchalar, qonunlar, prinsiplar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.92 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.92 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga