Falsafaning bahsli mavzusi

Falsafaning bahsli mavzusi

O'quvchilarga / Falsafa
Falsafaning bahsli mavzusi - rasmi

Material tavsifi

Falsafaning bahs mavzusi Falsafada olamning asosida nima yotadi, uni voqe etib turgan narsaning mohiyati nirnadan iborat, degan masalalar nihoyatda uzoq tarixga ega. Qadimgi Yunoniston va Rimda bu masala «Substantsiya» tushunchasi va uning mazmunini qanday tushunilishiga qarab o'ziga xos ifodalangan. Substantsiya deganda oiam va dunyodagi narsalarning mohiyati to'G'risidagi fikr tushunilgan. Yunoniston faylasufi va matematigi Pifagor hamma narsa sonlardan tashkil topgan degan bo'lsa, Aflotun substantsiya G'oyalardir degan, Demokrit esa, olamning asosida atomlar (atom tushunchasi o'sha davrda bo'linmas zarracha ma'nosida ishlatilgan) yotadi deb tushuntirgan, Bu masalalarni qay tarzda hal qilinishiga qarab farqlanadigan falsafiy oqim va yo'nalishlar ham yo'q emas. Masalan, olamning asosida nima yotadi, uning mohiyati nimadan iborat degan masalada monizm, dualizm, plyuralizm, materializm va idealizm kabi qator falsafiy qarashlar shakllangan. Monizm (yunoncha monos, ya'ni yakka ma'nosini anglatadi) olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega deb ta'lim beradigan falsafiy ta'limotdir. Dualizm (lotin tilida dua, ya'ni ikki degan ma'noni ifodalaydi) olamning asosida ikkita asos, ya'ni modda va materiya bilan birga ruh va G'oya, ya'ni ideya yotadi deyuvchi qarash. Plyuralizm (lotin tilida plyural, ya'ni ko'plik degan ma'noni anglatadi) - olamning asosida ko'p narsa va ideyalar yotadi deb e'tirof ctadigan ta'limotdir. Materializm olamning asosida materiya, ya'ni moddiy narsalar yotishini e'tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta'limot. Idealizm - - olamning asosida ruh yoki G'oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta'lim beradigan falsafiy ta'limot. Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan boG'liq masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis - - bilish, logos - - ta'limot) degan sohasi shuG'ullanadi. Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni gnostiklar; olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to'G'ri va aniq haqiqat darajasiga ko'tarila olmaydi deyuvchilarni esa - agnostiklar (yunoncha -bilib bo'lmaydi degan ma'noni anglatadi) deb yuritiladi. Olamdagi o'zgarish, rivojlanish, umumiy aloqadorlik va taraqqiyotning qay tarzda amalga oshishi, qanday sodir bo'lishi kabi masalalar ham falsafaning azaliy muammolari qatoriga kiradi. Falsafada ana shu mavzularga munosabat va ular bilan boG'liq muammolarni hal qilishga qarab farqlanadigan bir necha ta'limot, qarash, usul va metodlar bor. Dialektika, metafizika, sofistika, eklektika, dogmatika kabilar shular jumlasidandir. Ularning tarixi nihoyatda uzoq bo'lib, Qadimgi Yunoniston va Rim davridan (miloddan oldingi VII I asr) boshlanadi. Keyingi yillarda sinergetika ham falsafiy metod va ta'limot sifatida talqin etilmoqda. Falsafiy rnetodlar olam qonuniyatlarini tushunishga yordam beradi va bu usullardan faylasuflar o'z tadqiqotlarini amalga oshirish yoki izlanishlarining natijalarini izohlashda foydalanadilar. Dialektika -- grek tilida bahs va suhbatlashish sarfati degan ma^noni anglaladi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo'li ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.42 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.42 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga