Falsafaning mohiyati, rivojlanishining asosiy bosqichlari va yo'nalishi falsafa predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja: Falsafa tushunchasining kelib chiqishi. Falsafaning predmeti va asosiy mazmuni. Dunyoqarashning mohiyati. Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Falsafa va fanning mutanosibligi va farqi. «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma'lum so'z mazmunini uning etimologiyasidan, ya'ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o'rinli bo'ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo - sevaman va sophia - donolik so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, mazkur atamaning dastlabki ma'nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so'zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an'analar orqali) avloddan avlodga o'tuvchi bilim bilan inson o'z aqliga tayanib, mushohada yuritish va tanqidiy fikrlash yo'li orqali olishi mumkin bo'lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Shuni ta'kidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo'lgan va mohiyat e'tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko'targan ma'nosidan boshqacharoq ma'no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o'zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da'vo ham qilmaganlar, zero, o'sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko'ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o'tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so'nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo'lgan bashoratgo'ylar, kohinlar va oqsoqollar e'tirof etilgan. Ularning so'zlari birdan-bir to'g'ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko'ra donishmandlik muxlisi bo'lishi, e'tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o'z aqliga tayanib, ijodiy yo'l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo'lgan. Biroq, insonning dunyo va o'ziga bunday munosabati darhol yuzaga kelgani yo'q. Insonning tabiatga qarshilik ko'rsatish, ishlib chiqarish vositalarini yaratish va ko'paytirish qobiliyatlari rivojlangunga va o'sgunga, buning natijasida yetarli tajriba va bilimlar to'plangunga, odamlar aqli ko'p sonli savollarga javob izlash uchun yetarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Shu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bo'lish sabablari va sharoitlarini tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim. Nima uchun? Shuning uchunki, falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish - inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda hayot paydo bo'lish tarixi haqida gapirish demakdir. Bu yerda biz hali kam o'rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini topishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida yechilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qayerdan, qaysi sabablarga ko'ra paydo bo'lgan, degan savolga aniq, ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.89 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.89 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: doc