Falsafaning predmeti va asosiy mavzulari. Falsafiy dunyoqarash. Mustaqillik va falsafiy dunyoqarashning yangilanish zarurati Reja: 1. Falsafa, uning jamiyat hayotidagi o'rni va maqsadi. 2. Falsafaning predmeti, ilmiy muammolari va vazifalari. 3. Dunyoqarash tushunchasi. Dunyoqarashning tarixiy tiplari. Har bir fan shu fanga tegishli bo'lgan birinchi tushunchani, yani uning nomini ifodalovchi atamani etimologik manosini ochib berish bilan boshlanadi. Filosofiya atamasi v u ifoda etadigan bilimlar majmuasi qadimgi Yunonistonda eramizdan avvalgi VII-II asrlarda Pifagor va Platon tomonidan birinchi bor etirof etilgan. Qadimgi Yunon tilida filo - sevaman, sofiya - donolik, donishmandlikni anglatadi. Qadimgi Yunonistonda barcha fanlar filosofiya nomi bilan atalgan. Olimlarni esa, filosoflar deb atashgan. Sharqda filosofiya so'zini Hikmatni qadrlash deb talqin etilgan. Abu Nasr Forobiy Yunon filosofiyasini Sharqdagi targ'ibotchisi sifatida filosofiya so'zini manosiga olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, hayotni mazmuni haqidagi qarash hamda hikmatlarni e'zozlash manosida ishlatgan. Falsafa vujudga kelgandan boshlab to hozirgi kungacha ham hayot yuzaga keltirgan turli-tuman masalalar, inson va insoniyatni qiziqtirib kelgan muammolar bilan shug'ullangan Hozirgi kunda falsafiy g'oyalarning eskirmasligi, ularning inson dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishdgi roli tobora ortib borishi ham bu fanning hayot bilan uzviy bog'liqligidadir. Falsafa qadimdan inson va insoniyatni yashash mazmuni bilan bog'liq bo'lgan muammolarni yechimini topishga yordam bergan. Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, ilmiy bilimlar orasida muhim o'rin tutadi. U borliqning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini o'rganib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil qiladi. Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Uni boshqa fanlardan farqi ham ilmiy dunyoqarash masalalari bilan shug'ullanishidadir. Bu fanning oldiga qo'yilgan vazifalariga va uning hayotidagi o'ringa qarab, insoniyat tarixini turli davrlarida unga bo'lgan munosabat ham o'zgarib borgan. Bu munosabatlar dastlabki jamiyatni ma'naviy hayotini o'zagini tashkil etuvchi siyosiy, diniy, huquqiy, mafkuraviy, axloqiy, estetik, ilmiy san'at va uning turlarida o'z ifodasini topgan. Falsafaning jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyati nimadan iborat degan masala, hamma davrlarda ham dolzarb bo'lgan. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyotning tub burilish davrida bir qadriyatlar tizimini o'rniga boshqalarini kelishi, bu fanni asl mohiyatini bilish, uning usul va g'oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Falsafiy qadriyatlar tizimi boshqa fanlardagi g'oyalar tizimi bilan uyg'unlashganda hamda jamiyatning siyosiy va mafkuraviy hayotidan muhim o'rin egallaganda u buyuk dunyoni o'zgartiruvchi kuchga aylanadi. Har bir falsafiy g'oya, mafkura, bilimlar tizimi, asosan, o'z davri xususiyatlarini aks ettiradi. Shu manoda, jamiyatni ma'naviy ehtiyojlari talablariga muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichidan turib javob izlab topishiga harakat qiladi. Falsafani oliy maqsadi shuki, yani fan sifatida dunyoni yaxlit bir butun ilmiy mafkurasini yaratishdir. Bu fanning ilmiy xulosalarini ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.2 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.2 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: doc