Falsafaning tarixiy tiplari

Falsafaning tarixiy tiplari

O'quvchilarga / Falsafa
Falsafaning tarixiy tiplari - rasmi

Material tavsifi

Falsafaning tarixiy tiplari R e j a : 1. Falsafiy dunyo qarash kurtaklari. 2. Dastlabki falsafiy fikrlarning shakllanishi. 3. O'rta asrlar falsafasining teotsentrik xususiyati. 4. Yangi zamon falsafasida ma'rifatli inson siymosi. 5. Hozirgi zamon falsafasi taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari. 1. Falsafiy dunyoqarash kurtaklari Falsafa taraqqiyoti uzoq tarixga ega, uning kurtaklari milloddan ilgari 300 yillarda paydo bo'la boshlagan. Falsafaning kelib chiqishi to'g'risida asosan ikki xil qarash mavjuddir. Bular mifologik va gnoseologik qarashlardir. Mifologik qarash bo'yicha falsafa mifologiyaning taraqqiyoti natijasida kelib chiqqan. Bu taraqqiyot natijasida voqelikning afsonaviy in'ikosi, tasviri tushuncha bilan almashinadi. Gnoseologik qarash bo'yicha falsafa mavjud bilimlarni umumlashtirish natijasida vujudga keladi. Mifologik qarash tarafdorlari (G.V.F. Gegel, F. Koriford, A.S. Losev va boshqalar) falsafaning mifologiyadan kelib chiqqanligini ta'kidlaydilar. Biroq mifologiyani falsafa uchun birdan-bir asos qilib olish to'g'ri emas, albatta. Gnoseologik qarash namoyondalari (G.Spenser, A.A.Bogdanov va boshqa pozitivislar) falsafaning manbaini bilimda kradilar. Bu to'g'ri, biroq falsafa faqat bilim asosida kelib chiqqani yo'q. Falsafaning manbai to'g'risida yana bir eklektik («eklektika» turli qarashlarni qorishtirib yuborish demakdir) qarash mavjud. Keyinchalik falsafada (uning bir muncha rivojlangan bosqichida) bir-biriga qarama-qarshi oqimlar paydo bo'ladi. Falsafaning kelib chiqishini tushunishda umuman dunyoqarashning paydo bo'lishi va rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Falsafaning turli oqimlarga bo'linishi bu ikkinchi darajali masaladir. Mifologik va gnoseologik qarashlarda falsafaning manbai sifatida ikkita va hatto uchta asos ko'rsatiladi. Bular mifologik dunyoqarash, bilim va kundalik ong. («mifologiya» yunoncha so'zdan kelib chiqqan bo'lib, rivoyat, afsona, degan ma'noni bildirsa, «gnoseologik» bilim, bilish bilan bog'liq masalalarni o'z ichiga oladi). Falsafaning paydo bo'lishiga nazariy ongning paydo bo'lishi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Uning vujudga kelishida fanlarning taraqqiyoti muhim rin tutadi. Falsafa o'z prinsiplarini aql yordamida isbotlovchi ongning nazariy shakli sifatida ishonchga asoslangan va voqelikni xayoliy tarzda aks ettiruvchi mifologik hamda diniy dunyoqarashdan butunlay farq qiladi. Falsafa sistemalshgan nazariy dunyoqarash sifatida paydo bo'ldi. SHubhasiz, falsafaning paydo bo'lishida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sharoit (omil)lar muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Falsafaning vujudga kelishida jamiyatning sinflarga bo'linishi, aqliy mehnatni jismoniy mehnatdan ajralishi hamahamiyatga egadir. Shu bilan falsafaning kelib chiqishida ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotini ko'rsatish mumkin. U kishilarning amaliy faoliyatida tabiat kuchlari ustidan hukmronligini oshirishda, bilimlarning rivojlanishida, tafakkurning rivojlanishida muhim o'rin tutadi. 2.Dastlabki falsafiy fikrlarning shakllanishi Falsafaning birinchi tipi dastlab Hindistonda, Xitoyda, Eron va Turonda keyinroq Yunonistonda kelib chiqadi. Dunyoqarashlar sistemasi sifatida falsafa eramizdan avvalgi asrlarda nisbatan yuqori bosqichida turgan Shindiston va Xitoy mamlakatlarida paydo bo'la boshladi. Dastlabki falsafiy fikr, qadimgi madaniyat o'chog'i bo'lgan Shindistonda vujudga keldi. Shindistondagi falsafiy fikrlar asosan to'rtta vedada o'z ifodasini topdi. Bu vedalarda bayon qilingan diniy bilimlarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.67 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.67 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga