Reja: Fan tushunchasi. Jamiyat ayotida fanning o'rni va ahamiyati. Hozirgi zamon fanining rivojlanish xususiyatlari. Ilmiy-texnik yuksalish, uning asosiy yo'nalishlari. Ilmiy inqiloblar. Fan - inson faoliyatining sohasi bo'lib, uning maqsadi - predmetlarni hamda tabiat, jamiyat va tafakkur protsesslarini, ularning xossalari, munosabatlari va qonuniyatlari o'rganishdir; ijtimsoiy ong shakllaridan biri. Fan so'zining aynan manosi - bilim demakdir. Biroq hamma bilimlar ham ilmiy deb qarala bermaydi. Kundalik yoki turmush tajribasi deb atalgan narsa, yani oddiy kuzatish va amaliy faoliyat asosida olingan, faktlar va protsesslarni oddiygina tavsiflashdan, ularning sof tashqi tomonlarini aniqlashdan nariga o'tmaydigan bilim fanga taalluqli emasdir. Tom manodagi ilmiy bilim faqat faktlarning majmui zamirida qonuniyat - ular o'rtasidagi umumiy va zaruriy aloqa borligi anglagan choqdagina boshlanadi, bu esa nima uchun ayni hodisa boshqacha emas, huddi shunday yuz berilishini izoxlash, uning yanada qanday rivojlanishi oldindan aytish imkoniyatini beradi. Fan faktlar va qonunlar haqidagi bilimlarning oddiy majmuidan iborat emas, balki sistemaga solingan bilimlar majmuidan iboratdirki, bu sistemada mazkur fakt va qonunlar muayyan munosabatlar bilan o'zaro bog'langan bo'ladli va bir-birini taqozo qilib turadi. Fanning rivoji faktlarni oddiy to'plashdan, ular orqali ayrim qonuniyatlarni o'rganishdan, ular orqali ayrim qonuniyatlarni o'rganish va ichib berishdan yaxlit bog'langan, mantiqiy jihatdan muntazam bo'lgan, allaqachondan malum eski faktlarni izoxlab, yangilarini oldindan aytib beradigan ilmiy nazariyaga qarab boradi. Ilmiy bilimning to'g'riligi faqat uning mantiqiy jihatdan ziddiyatli bo'lmasligi bilan, isbot qilinishligi bilan emas, balki avvalo albatta uni praktikada - kuzatish va ilmiy eksperimentda tekshirib ko'rish bilan belgilanadi. Ana shu bilan ilmiy ko'r-ko'rona e'tiqoddan, yani biron-bir qoidani qanday bo'lmasin biror yo'sinda mantiqiy asoslamasdan va amaliy sinovdan o'tkazmasdan turib, uni haqiqat deb so'siz etirof etishdan tubdan farq qiladi. Shu sababli ko'r-ko'rona e'tiqodga asoslangan va voqelikni xayoliy suratda buzib tasvirlab ko'rsatadigan dinga qarama-qarshi o'laroq fan insonga olamning chin manzarasini ko'rsatadi va bu manzara fan taraqqiy qilgan sari tobora to'laroq va aniqroq bo'la boradi. Fan hodisalarning obyektiv qonunlarini ochib berarkan, ularni voqelikka qatiy suratda muvofiq keladigan abstrakt tushunchalar va sxemalarda ifodalaydi. Fanning san'atdagi bilishdan farqi ana shundadir. san'at fantaziya, to'qima obrazlarni mumkinligiga yo'l qo'yadigan konkret badiiy obrazlarda bilingan narsani ifodalaydi. Fanning vujudga kelishi va rivojlanishi pirovard hisobda moddiy ishlab chiqarish ehtiyojlari, jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlari taqozosiga bog'liqdir. Biroq fan ham o'z navbatida ishlab chiqarishning rivojiga muhim ta'sir ko'rsatib, tabiatning ilgari malum bo'lmagan yangi xossalarini, yangi materiallarini, udarni ishlashning yangi metodlarini, yangi energetik manbalari ochib bermoqda va ishlab chiqarish hamda istemolnning ilgari mutlaqo xayolga keltirib bo'lmaydigan sohalarining yuzaga kelishi uchun imkoniyat yaratib bermoqda. Ishlab chiqarishda va jamiyat hayotida fanning roli to'xtovsiz ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.15 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.15 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: doc