Farazning (gipoteza) fan va ijoddagi xususiyatlari. Farazning nazariyalar tuzishdagi o'rni Reja: Faraz tushunchasining mohiyati Nazariya tuzishda gipotetik-deduktiv usul Farazning iqtisodiy tadqiqotlarda qo'llanilishi Faraz tushunchasining mohiyati Farazda hisobga olingan taxminlarni tasdiqlash juda katta mehnatni talab etadi. Farazda har tomonlamalik mavjud. Demak, har tomonning o'zi ko'plab izlanishlarga majbur qiladi. Faraz - bilish uchun obyekt va subyektning holati, rivojlanishi, voqelikdagi o'rni haqida u yoki bu fikrning taxmin qilinishidir. Faraz bilish jarayonida turlicha xususiyatlarini namoyish qiladi. Chunki, biror-bir narsa yoki hodisa haqida har xil fikrlarni bildirish mumkin. Sababi, uning barcha holatlarini bir paytning o'zida zamonda ham, makonda ham qamrab olish qiyin. Uning bo'laklari haqida alohida-alohida fikr yuritish talab qilinadi. Binobarin, faraz ana shu alohida-alohidalikdan kelib chiqib turli holatlar haqida paydo bo'ladi. Narsa yoki hodisalarning xususiyatiga qarab bir necha farazlar paydo bo'ladi. Faraz qilinishi umumiy bilim va dalillarga, narsa va hodisalarning rivojlanish qonuniyatlariga zid kelmasligi lozim. Farazlar oddiy yoki murakkab jarayonlarni qamrab olishi mumkin. Shunday bo'lsa-da, ko'proq obyektiga nisbatan yaqinroq, uning ichki va tashqi xususiyatlaridan uzoqlashmasligi talab etiladi. Ushbu xususiyatlar hisobga olinganda narsa va hodisani tadqiq etishda farazning o'rni ahamiyatli bo'ladi. Shu jarayonda farazning hayotiyligi uchun zarur bo'lgan holatlarni hisobga olish kerak. Jumladan, faraz ma'lum obyektga mos tushadigan mazmun va mohiyatga ega bo'lgan holda fikr qilinishi; tadqiq qilinayotgan narsa yoki hodisaning ma'lum bir qismiga nisbatan farazlanishi; ilmiy, umuman bilish jarayoniga zid kelmasligi (haqiqatga); tekshirish yoki tafakkurlash jarayonida murakkab holatlardan xoli bo'lishi; faraz qiluvchi ilmiy ijoddan xabardorligi, bashorat qilish, o'z fikrlarini asoslash qobiliyatiga ega bo'lishi kabilar. Faraz taraqqiyotida ushbu ko'rsatilgan xislatlar hisobga olinganda ijodiy faoliyat samarali bo'ladi. O'z navbatida, mazkur ko'rsatilgan jarayonlarni hisobga olmaslik ilmiy ijod jarayonida chalkashlikka olib keladi. Tadqiqot uchun zararli bo'lishi mumkin. Aniq faraz qilish uchun obyektivlik va subyektivlikning birlashishi yanada muvaffaqiyat keltiradi. Ular tavsifi mos tushgan holatda natija ko'ngildagidek chiqishi mumkin. Barcha jarayonlarda bo'lgani singari farazda ham oddiylikdan murakkablikka, bilmaslikdan bilishlikka qarab borish, pastdan yuqoriga chiqish talab etiladi. Bu faraz uchun ham umumiy qoidadir. Farazda asosiy xususiyat shundan iboratki, unda noma'lumdan ma'lumga, ehtimol tutilgan bilimdan haqiqiy bilimga, nisbiylikdan mutlaqlikka borish yo'li hisobga olinadi. Ilmiy jarayonda faraz, ba'zida, tasavvurga sig'maydigan holatlarni hisobga olib amalga oshirilmasa fan ham taraqqiy qilmaydi. Yangilik yaratilmaydi. Turg'unlik yuz beradi. Farazda taxminiylik, ehtimollik, tasodifiylik, intuitsiya xususiyatlari mujassamlashsa, u yaxshi natija beradi. Tadqiq qilinayotgan narsa va hodisa haqida faqat bitta yoki ikkita faraz kifoya qilmaydi. Qachonki, shu narsa yoki hodisa haqida bir nechta faraz bo'lsa, o'zaro ziddiyatli fikrlar mavjud bo'lsa, qarama-qarshiliklar paydo bo'lsa, o'shanda haqiqiy ijodiy muhit paydo bo'ladi. Ilmiy ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.32 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.32 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: doc