Global muammolar falsafasi. O'zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash

Global muammolar falsafasi. O'zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash

O'quvchilarga / Falsafa
Global muammolar falsafasi. O'zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash - rasmi

Material tavsifi

Global muammolar falsafasi. O'zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash Reja: 1. Insoniyat istiqbolini belgilovchi omillar va ilmiy bashorat qilish usullari. 2. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi davri va umumbashariy muammolar. 3. Jahon XXI asrda: kelajak va inson taqdiri. 4. O'zbekistonda tabiat, jamiyat va insonni asrash yo'llari. Odamzod nasli XX asrning ikkinchi yarmida shunday muammolar domiga tortildi-ki, endilikda ularning iskanjasidan qutulib ketish yoki ketmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar XX asrning birinchi yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umubashariy muammo - yadro haloqatining oldini olish ko'ndalang bo'lib turgan bo'lsa, II jahon urushidan keyin ahvol o'zgardi. Aholi tabiiy o'sishining yuqori darajasi saqlanib qolishi, fan va texnika yutuqlaridan tor manfaatlar yo'lida foydlanishga ro'ju qilinishi va bir qator mintaqalarda murakkab ekologik vaziyatning vujutga kelishi masalani chigallashtirib yubordi. Oqibatda insoniyatning kelajagi to'g'risida turli tipdagi bashoratlar kelib chiqdi. Ana shunday sharoitda har bir aql zakovatli odam «Bunday yo'lda qanday muammolar, qiyinchiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini etarli darajada aniq tasavvur qilmayapmizmi?» - degan savolni o'z oldiga ko'ndalang qo'yishi va unga javob topishi zarur bo'lib qoldi. Bu savollarni butun jahon xalqlarining ishtirokisiz xal etib bo'lmaydi. Tabiatga kishilarning zug'umi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida kishilarning yashash tarzi, sog'lig'i, ijtimoiy muhitga bo'lgan aks ta'siri tobora haloqatli tus ola boshladi. Insoniyat bunday tahlikali holatdan faqatgina, har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa manfaatlarini keyinga surib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashish, zudlik bilan ta'sirli choralar qo'llash orqaligina qutulishi mumkin. «Butun dunyo yagona va o'zaro bog'liqdir. Bizning mushtarak burchimiz yer yuzini bolalarimiz va nabiralarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirishdir». Hozirgi paytda insoniyatga xafv solib turgan umumbashariy muammolar deganda butun dunyo, barcha davlatlar va xalqlarning ishtirokisiz yechish mumkin bo'lmagan muammolarga aytiladi. Bunday muammolar quyidagilardir: - termoyadro urushi xavfining oldini olish va qurollanishni bartarf etish; - jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotning o'sishi uchun qulay shart-sharoit yaratish; - iqtisodiy qoloqlikni tugatish; yer yuzida qashshoqlik va ochlikka barham berish; - tabiiy boyliklardan oqilona va kompleks yondashgan holda foydalanish; - insoniyatning baxt-saodati yo'lida fan-texnika yutuqlaridan foydalanish uchun xalqaro hamkorlikni yanada faollashtirish; (eng xavfli kasalliklarga qarshi kurash, kosmosni o'zlashtirish; - dunyo okean boyliklari va imkoniyatlaridan unumliroq foydalanish; ozon qatlamining yo'qolish xavfining oldini olish va h.k.); - insoniyat va uning kelajagi to'g'risidagi o'zaro hamkorlikda jiddiy tadqiqotlar olib borish; kishi organizmining tobora tez suratlari bilan o'zgarayotgan sun'iy va tabiiy muhitga moslashish jarayonini ilmiy tahlil qilish. Insoniyat oldida ana shu xildagi muammolarning ko'ndalang turib qolishining o'ziyoq kishilik sivilizatsiyasi o'ta murakkab, o'ta qaltis bir jarayonni boshidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.12 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.12 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga