Hozirgi zamon Jahon falsafasi va uning asosiy oqimlari

Hozirgi zamon Jahon falsafasi va uning asosiy oqimlari

O'quvchilarga / Falsafa
Hozirgi zamon Jahon falsafasi va uning asosiy oqimlari - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi zamon jahon falsafasi va uning asosiy oqimlari. Reja: 1. XX asr falsafasi uning xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari va asosiy yo'nalishlari. 2. Pozitivizm falsafasi va uning tarixiy shakllari. 3. Pragmatizm falsafasi va uning mohiyati. 4. Ekzistentsializm falsafasi va uning asosiy yo'nalishlari. Hozirgi zamon falsafasi bu XX asr va XXI asr boshlarida mavjud bo'lgan falsafiy ta'limotlar va ularning hilma-xil ko'rinishlari bilan ifodalanadi. XX asr Yevropafalsafasi o'sha davrning iqtisodiy, siyosiy, sotsial, mafkuraviy, ilmiy-texnikaviy o'zgarishlarining ta'siri ostida rivojlangan. Falsafa tabiiy ravishda sotsial ehtiyojlar, manfaatlar, maqsadlar va davlat buyurtmalarini qondirilishiga ko'makdosh bo'lgan. XX asr Yevropafalsafasi hilma-xil yo'nalishlarga ega bo'lgan, ularni jamiyatni ma'naviy hayotiga ta'sir etishi ham ijobiy, ham salbiy, ham reaksion, ham progressiv, antimistik va passimistik ruhda bo'lgan. XX asr birinchi yarmida Yevropada sodir bo'lgan jahon urushlari, ijtimoiy silkinishlar va boshqa siyosiy hodisalar insonlarni kelajakka bo'lgan munosabatlarini o'zgartirib yubordi. Malum manoda Yevropaxalqlari ma'naviy tushkunlik holatiga tushib qoldilar. Bazi falsafiy ta'limotlar insonlarni tushkunlik holatidan chiqarishlarga harakat qildilar. Insonlarda kelajakka umid uchqunlarini paydo qilishga urinishlar bo'ldi. XX asr Yevropafalsafasi o'sha davrda hukumron mafkuraviy g'oyalarni ilmiy asosligiga va amalda tadbiq etilishiga xizmat qilgan. Yevropada hukumron bo'lgan fashizm mafkurasi, kommunistik mafkura va irqchilik g'oyalari bilan sug'orilgan bazi o'ta reaksion diniy mafkuralari falsafa xizmat qildi, uni apologetlariga aylandi. Hozirgi kundagi dunyodagi mafkuraviy kurash maydonida sodir bo'layotgan g'oyaviy kurash zaminiga geonolitik maqsadlarni amalga oshirishida asos tayyorladi. Bu davrda falsafa bir tomondan ijtimoiy va davlat buyurtmalarini bajarish bilan birga o'zining fanga oid bevosita vazifalarini ham bajarishga harakat qilganligini ham alohida takidlash zarurdir. Xo'sh, XX asrda falsafiy fikr taraqqiyotining asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo'ldi? Birinchidan, falsafiy fikr muayyan mafkuraga xizmat qilganligida. Falsafani o'ta ideologiyalashuvi va siyosiylashuviga olib kelganligida. Buning asosiy sababi ikki sistema sotsialistik lager bilan kapitalistik lager o'rtasidagi sovuq urush fikrimizni dalili bo'la oladi. Ikkinchidan, falsafa, ikki jahon urushi tufayli kelib chiqan fandagi, texnikadagi va harbiy sanoatdagi jadal suratlardagi o'zgarishlarga hozir javob bo'la olmaganligida. Yani, klassik falsafa eskirib qolgan dunyoni ilmiy manzarasi orqali tushuntira olmadi. Uchinchidan, XX asr Yevropafalsafiy fikrida klassik va noklassik falsafalar o'rtasida tafovut va kurash vujudga kelgan. Kurash falsafaning abadiy muammolariga bo'lgan munosabatdan uni eskicha va yangicha xal etish fikrlash uslubi hayotda bordi. Klassik falsafa inson aqliga ishonch bildirgan holda munosabat bildirdi. Noklassik falsafa bo'yicha shubxa bilan qaradi. Natijada falsafada ratsionalizm va irratsionalizm yo'nalishlari kelib chiqdi. To'rtinchidan, klassik falsafa, turli g'oyaviy tizimlarga bo'linishiga qaramay, muhim muammolarni hal etishda malum bir umumiylik mavjud. Hozirgi zamon falsafasida hilma-xil mustaqil oqimlar mavjud bo'lib, ular, asosan, tabiatshunoslik va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.82 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.82 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga