Huquqiy ong va huquqiy itoat

Huquqiy ong va huquqiy itoat

O'quvchilarga / Falsafa
Huquqiy ong va huquqiy itoat - rasmi

Material tavsifi

Reja: Huquqiy ong va huquqiy itoat Siyosiy ong va siyosiy madaniyat Ijtimoiy ong shakllaridan yana biri huquqiy ongdir. huquqiy ongni to'liq tushunib olish uchun avvalo huquq nima, u qachon paydo bo'lgan va insoniyat hayotida qanday rol o'ynagan degan savollarga javob berish zarurdir. Huquq-bu jamiyatning ijtimoiy tabiatidan kelib chiquvchi va xukmron sinfning, demokratik ko'pchilikning yoki butun jamiyatning yagona irodasini ifodalovchi, qonun bilan mustaxqamlangan va davlatning majburlashkuchi bilan ta'minlanadigan xulq-atvorning yuridik qoidalari majmuasidir. Huquq atamasi bir tomondan ijtimoiy mazmunga (axloq, huquq, ma'lum bir ijtimoiy tashkilot a'zosining huquqi millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi) ikkinchi tomondan yuritik mazmunga ( ya'ni qonun nuqtai nazaridan, xulq atvor erkinligi sifatida huquq) egadir. Huquq davlat paydo bo'lishi kelib chiqdi. Davlat organlari huquqiy norma va qoidalarni belgilaydi, bekor qiladi, o'zgartiradi, majbur qilish choralarini qo'llash yo'li bilan ularning bajarilishini ta'minlaydi. Huquq inson hayotining ayrim tomonlarini emas, balki uning jamiyatdagi butun hayotini o'z ichiga oladi. -Huquqiy ong ham ijtimoiy ongning boshqa shakllari singari kishilar ijtimoiy borlig'ini o'ziga xos ko'rinishlarida aks ettiradi. Huquqiy ong davlat tomonidan belgilangan huquqiy normalar va munosabatlarga, qonunlarga, sud, prokuratura masalalarini va hoka'zolarga bo'lgan qarashlarning sistemalashtirilgan nazariy ifodasidir. Huquqiy ong jamiyatning iqtisodiy ahvoli bilan chambar-chas bog'liqdir. Huquqiy ong davlat organlariga tayanadi. Huquqiy normalarni bajarish majburiydir, bajarmaganlar jazolanadi. Huquqiy ong huquqiy faoliyat o'zviy aloqador. Huquqiy faoliyatga olimlar, mutaxassislar, organlarning huquqiy normalari, qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish, bosib chiqarish sohasidagi, prokuratura organlarining qonunlarining bajarilishini nazorat qilish, sud organlarining qonunlarini buzuvchi, bajarmovchilarni jazolash, militsiya organlarining ijtimoiy tartibini saqlash sohasidagi faoliyatlari kiradi. Huquqiy ong huquqiy munosabatlarga ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar, millatlar, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, jamoat tashkilotlarining mavjud huquqqa, huquqiy tartiblarga, sud, prokuratura, militsiya organlariga munosabatlari kiradi. Shuningdek, qonunlarni ishlab chiqaruvchi, qabul qiluvchi, amalga oshiruvchi, bajarilishini nazorat qiluvchi organlarning o'zaro munosabatlariga kiradi. Huquqiy ong tomonidan «adolat», «qonunchilik», «jinoyat», «jazo», «ijtimoiy tartib» singari kategoriyalari va xilma-xil huquqiy qarashlar, nazariyalar ishlab chiqiladi. Bularga tayangan holda huquqiy normalar va qonunlar asoslanadi va ishlab chiqilib joriy qilinadi. Huquqiy ong huquqiy madaniyat bilan jambar-chas bog'liqdir. Hozirgi davrda ya'ni biz huquqiy demokratik davlat qurayotganimizda ayniqsa huquqiy madaniyatni yuksaltirishimiz darkor «huquqiy madaniyat darajasi, deydi. I. Karimov faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma'lumotlardan xabardor bo'lishgina emas, u qonunlarga amal qilish va ularga bo'yso'nish madaniyati demakdir. U odil sudni xurmat qilish, o'z haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish demakdir». Ho'sh huquqiy madaniyat o'zi nima degan savol paydo bo'ladi. U umumiy madaniyatning muhim qismidir. Huquqiy madaniyat-bu insonlarning davlat va huquq haqidagi muhim bilimlarni egallab olish darajasidir. Amaldagi me'yoriy huquqiy hujjatlar: Konstitutsiya, qonunlar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.46 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.46 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga