Ijodiy jarayonni ifoda etish shakllari va metodlari Reja: Metodologik bilim pog'onalari. Metodlarning sifat jihatdan xilma-xilligi va rivojlanishi. Ijodni ifoda etish usullari Metodologik bilim pog'onalari. Metodlarning sifat jihatdan xilma-xilligi va rivojlanishi. Ijodda bilishning ahamiyati beqiyosdir. Uning (bilishning) asosiy muammolariga: narsa va hodisalar, ularning manbalari, tabiat taraqqiyoti bosqichlari, uslub va metodologiyasi, haqiqat, insonlarning biluvchanlik faoliyati bilan amaliy faoliyati o'rtasidagi bog'lanish kabilar kiradi. Falsafa tarixida bilish muammosini hal etishda turli yo'nalishlar bahs yuritib keladilar. Yuqorida biz ularning guvohi bo'ldik. Bular: materializm, idealizm, agnostitsizm, ratsionalizm, irratsionalizm, sensualizm, monizm, eklektizm va boshqalardir. Masalan, Platon, Berkli, Kant, Gegel kabi faylasuflar narsalarning mohiyatini inson tomonidan bilish mumkin emas, deb agnostitsizm ( a - mumkin emas, gnozis - bilish, demakdir) yo'nalishida bo'lganlar. Demokrit, Frensis Bekon, Djon Lokk va XVII asrdagi fransuz materialistlari esa bilishni borliqning inson ongida aks etishidir, deb ta'lim beradilar. Ya'ni, bilishda insonlarning amaliy faoliyati hal qiluvchi o'ringa ega, deb tushuntirdilar. Bilish murakkab jarayon bo'lib, u bir necha bosqich (pog'ona)larni bosib o'tadi. Birinchi bosqich bu insonlardagi sezgi faoliyatidir. Sezgi orqali inson narsa va hodisalarni mushohada qiladi. Sezgilar besh xildir: ko'rish, eshitish, hid bilish, teri orqali sezish, tam bilish. Sezish, narsa hodisalarni mushohada qilishga bog'liq. Ikkinchi bosqich esa narsa va hodisalarni tafakkur qilish faoliyatidir. Tafakkur insonga berilgan oliy ne'matdir. Insonlar narsa va hodisalarni o'z tafakkuri orqali, ular aniq yoki mavhum bo'lishdan qat'i nazar o'z miyasida qayta ishlaydilar. Bunda inson fikrlash jarayonida turli tushunchalardan foydalanadilar. Inson miyasida tushunchalarning paydo bo'lishi u yoki bu bilimning paydo bo'lishidir. Bilimning paydo bo'lishi esa inson ijodi uchun asosdir. Bu bosqich sezish va mavhum fikrlash yordamida amalga oshadigan asosiy bosqich. Bilishning haqiqiyligi shu bosqichda ko'rinadi. Demak, amaliyot eng muhim bosqichdir. Bosqichlarning har biri ma'lum vazifani bajaradi. Mabodo shu bosqichlarning birortasi bo'lmaganda ijod qilish mumkin emas edi. Ijod jarayonida bosqichlarni bir-biridan farq qilish talab etiladi. Demak, bilishning boshlanishi sezgidir. Chunki u inson ongini tashqi olam bilan bog'lab turuvchi yagona vositadir. Insonlar sezgi orqali obyektiv olamdan birinchi taassurotni oladilar. Tashqi olam sezgilar orqali insonning o'ziga ham ta'sir etadi. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, sezgilarning o'zi ham olam to'g'risidagi bilimimizning boshlanishidir. Shunday ekan, bilish jarayonida sezgilar ham beqiyos ahamiyatga egadir. Sezgilar orqali inson tashqi olamdagi narsa va hodisalar haqidagi xususiyat va belgilarni, mazmun va mohiyatni, tafovutlarni biladilar. Binobarin, ko'z bilan narsalarning, hodisalarning rangi, shakli, katta-kichikligi ko'riladi. Teri sezgisi orqali narsalarning egiluvchanligi, qattiq-yumshoqligi, tekisligi yoki g'adir-budirligi haqida ma'lumot olinadi. Eshitish vositasi orqali tovushlarning xilma-xilligini, hid sezish orqali narsalardagi ba'zi holatlar bilinadi. Ko'rdikki, har bir sezgi organining ham alohida ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.84 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.84 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: doc