Ijodning nazariy muammolarini ishlab chiqishda Sharq mutafakkirlari qo'shgan hissalar Reja O'rta Osiyoda falsafiy-diniy dunyoqarashning shakllanishi. Qadimgi xalqlar ijodiy faoliyati og'zaki va yozma manbalarning ifodasi sifatida Zardushtiylik. Avesto Sharq Renessansi (IX - XIV asrlar) O'rta Osiyoda yangi fanlarning vujudga kelishi va rivojlanishining namunasi sifatida Islom. Diniy aqidalarni hayotiy muammolarga ijodiy tatbiq etish masalalari O'rta Osiyoda falsafiy-diniy dunyoqarashning shakllanishi. Qadimgi xalqlar ijodiy faoliyati og'zaki va yozma manbalarning ifodasi sifatida O'rta Osiyodagi qadimgi falsafiy qarashlarni bilish, o'rganishda yozuv va tarixiy yodgorliklarning katta ahamiyati bor. Qadimiy yozuvlardagi mazmun ham o'z davri falsafiy jarayonlarini namoyon qilganki, ularda ham yaxshilik va yomonlik, boylik va kambag'allik o'rtasida kurashlar tasvirlangan. Qadimiy yozma yodgorliklarga «Avesto», «Bundaxshin» «Denxard» va «O'rxun-Yenisey» yozuvlari kiradi. Yenisey bo'ylaridagi qadimgi yozuvlarni aniqlash XVII asrning boshlarida rus olimlari tomonidan boshlangan. Topilgan yodgorliklardagi yozuvlarni aniqlash qiyin kechgan. Faqat XIX asrning birinchi choragidagi Grigoriy Spasskiyning Yenisey yodgorliklari haqidagi maqolasi «Sibirskiy vestnik» (Sibir xabarlari) jurnalida e'lon qilingandan so'ng yodgorliklar haqidagi ma'lumotlar olimlarga ma'lum bo'ladi. Ammo, yozuvni o'rganishga o'sha paytda katta e'tibor berilgan bo'lsa ham, tezlikda natija bermagan. 1889 yili rus sayyohi va yozuvchisi N.M.Yadrinsev Mo'g'ulistondagi Kosho-haydam vodiysida O'rxun daryosi bo'ylaridagi ko'pgina yodgorliklarni topib, ulardagi Xitoy yozuviga o'xshash matnlarni aniqlagan. Matnlarni o'qish Daniya olimi Vilgelm Tomsenga nasib qildi. U dastlab «tangri», «turk» degan so'zlarni o'qigandan so'ng (1893 yil 25 noyabrda) masala oydinlashdi. Ko'p harflar mazmuniga kalit topildi. Bu orada rus olimi V. V. Radlov ham 15 ta harfni o'qigan edi, u Tomsen va o'zining kashfiyoti asosida yodgorliklardagi matnlarning tarjimasini birinchi bo'lib amalga oshirdi. N. M. Yadrinsev topgan yodgorliklar turk xoqoni Bilqa-Qoon-Mog'ilyon (734-yilda vafot etgan) va uning ukasi Kul-Tegin (732-yilda vafot etgan) qabr toshlariga o'yib yozilgan yodgorliklar edi. Shu vaqtdan boshlab Yenisey va O'rxun daryolari atrofidagi yodgorliklar «O'rxun-Yenisey yodgorliklari» deb atala boshlagan. Shuningdek, O'rxun yozuvi, deb ham atalgan. Keyinchalik yana ko'plab yodgorliklar topildi. V-VI asrlarga oid 5 ta toshdagi hamda qog'oz, charm, yog'och, va turli idish-tovoqlardagi yozuvlar ham qimmatli manbalar hisoblanadi. Bu yozuvlarda turk xoqonligining davlat tuzumi va dinlar haqidagi ma'lumotlar berilgan. Xitoy yilnomalarida ko'rsatilishicha, turklar o'lganlaridan so'ng ko'mish marosimi shunday ta'riflangan: o'lgan kishining boyliklari, jangda mingan oti bilan birga olib kuydiriladi. Xoki dafn etilib, marhum qancha dushmanni o'ldirgan bo'lsa, shuncha tosh uning qabriga qo'yiladi, uning surati ishlanadi va qilgan ishlari o'yib yoziladi. O'sha davr uchun bu holatlar ham xalq ijodi edi. Bunday ma'lumotlar haqiqatdan ham u davrdagi qabr toshlarining ko'plarida uchraydi. Xususan, Mog'ilyon va Kul-Tegin qabr toshlarida ham, shunday fikrlar mavjuddir. Mog'ilyon so'nggi turk ulug' xoqonlaridan bo'lib, o'z davlatining chegarasini ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.96 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.96 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: doc