MAVZU: IJTIMOIY FALSAFA. Reja: Jamiyat haqidagi asosiy paradigmalar. Jamiyatning iqtisodiy asoslari Jamiyatning ma'naviy, ijtimoiy va siyosiy asoslari Tarix falsafasi Jamiyat tushunchasi. Jamiyat fanga malum tizimlar orasida eng murakkabi bo'lib, uni o'rganish jiddiy qiyinchiliklar tug'diradi. Jamiyat hayoti juda faol bo'lib, har bir xalq o'zining alohida, betakror tarixiga ega. Jamiyat hayotining barcha jarayonlari bir-biri bilan shu darajada uzviy bog'liqki, bazan turli vaziyatlarda belgilovchi va belgilanuvchi jarayonlar o'rin almashadi. Tarixiy jarayonda tasodiflar va subyektiv omil ayniqsa muhim rol o'ynaydi. Jamiyat hayoti asrlar osha olimlar va faylasuflarning tadqiqot obyekti bo'lib kelmoqda. U turli fanlar, chunonchi: sotsiologiya, tarix, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, etnografiya, iqtisodiy nazariya va hoka'zolar doirasida o'rganiladi. Fanning vazifasi - jamiyat tuzilishini o'rganish, tarixiy jarayonda takrorlanuvchi, umumiy xossalar, jihatlar, omillar va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Ilmiy bilim tarixiy jarayondan taqqoslab bo'lmaydigan darajada qashshoqroq bo'lsa-da, u jamiyatga zarur, chunki uning haqiqiy tarixini o'rganish, uning o'tmishda va hozirgi davrda rivojlanishining muqobil imkoniyatlarini aniqlash, bugungi kunning muhim vazifalarini hamda hozirgi zamon va kelajakka ta'sir ko'rsatish yo'llarini belgilash imkonini beradi. Muayyan fanlardan farqli o'laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o'rganishdan iborat. Falsafa muayyan hodisalarning sabablari nimada degan savolga javob topish vazifasini o'z oldiga qo'ymasada, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashga nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U dunyoqarashga doir o'z mo'ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar apparatini ishlab chiqishda ishtirok etadi. O'z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar ekan, falsafa shunga asoslanib muayyan-tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi. Tarix falsafasining muammolaridan biri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni davriylashtirish tamoyillarini belgilashdir. Falsafaning vazifasi jamiyat hayotining asosiy negizlarini, uning tizim tashkil etadigan omillarini aniqlashdan iborat. Tarix falsafasida dunyoqarashga doir mo'ljallarining rang-barangligi bilan ajralib turadigan ko'plab oqimlar va yo'nalishlar mavjud bo'lgan. Shu sababli har bir faylasuf, odatda, o'z mo'ljallariga amal qiladi, nafaqat dunyoni, balki jamiyatni ham o'ziga xos tarzda tushuntiradi. Madaniy-tarixiy tiplar g'oyasi. XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga kelgan bo'lsada, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Forobiy ijodiga mansub. Forobiy insonlar jamiyatini ikki madaniy- tarixiy tiplarga ajratadi: Birinchisi to'liq jamiyat bo'lib, u o'zida a) yer yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat, b) Yerning muayyan qismida yashovchi bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o'rta jamiyati v) muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo'lgan to'liqsiz jamiyat.1 Forobiy fikricha Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo'lga kiritish mumkin. To'liqsiz jamiyatlar insonni takomillashtirishga qobil emaslar.2 Forobiyning bu fikrlari Platon ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.33 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.33 KB
Ko'rishlar soni
130 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:07 ]
Arxiv ichida: docx