Inson, uning mohiyati va faoliyati REJA: 1. Inson, uning mohiyati va faoliyati. 2. Inson muammosining falsafa tarixida qo'yilishi. 3. Inson, individ, shaxs, individuallik tushunchalari Ijtimoiy falsafa inson muammosiga olam, borliqning tarkibiy qismi sifatida qaraydi vash u nuqtai-nazardan «Inson inma? Uning mohiyati qanday? Inson olamda qanday o'rin tutadi?», «Inson omili deganda nima nazarda tutiladi? Kabi savollarga javob beradi. Inson borliqning oliy ko'rinishi. Uning kelib chiqishi, hayoti, taraqqiyoti olam, borliqqa bog'liq. Inson va jamiyat olam taraqqiyoti tabiat evolyutsiyasining mahsuli va ko'rinishi bo'lib hisoblanadi. Inson hamma zamonlarda ham o'zining kimligini, o'zligini bilishga intilgan. Inson muammosiga bag'ishlangan xilma-xil qarashlar, gipotezalar, nazariyalar yaratilgan. Inson muammosi ijtimoiy fikr tarixida 3 xil nuqtai nazardan o'rganilgan: mifologik, diniy va ilmiy-nazariy. Inson haqidagi dastlabki qarashlar qadimgi Sharq mamlakatlari, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Turon xalqlari tomonidan yaratilgan ertaklar, dostonlar, afsonalarda o'z ifodasini topgan. Hamma narsaga qodir inson obrazi Qadimgi Hind Vedalarida tasvirlangan. Ularda aytishlicha, eng qadimgi inson Puruja mingta boshli, mingta ko'zli, mingta oyoqli bo'lgan emish. Bu insoning aql-zakovati-oy, ko'zi-quyosh qorib-toliqish-olov, nafasi esa - shamol emish. Hozirgi odamlar Prujadan tarqalgan ekanlar. Aytilishicha, uning qo'lidan - kematron (harbiylar), voysh (dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar), shudra (gadolar) kabi jamiyatning turli qatlamlariga mansub odamlar kelib chiqqan emish. Vedalarda yozilishicha, inson ikki mohiyat: tana bilan jonnig qorishmasidan iborat. Tana inson jismining asosini tashkil etadi, bu asosni braxman yaratgan, jon esa ruh (atmang) tomonidan yaratilgan. Agar insonnig yerdagi faoliyati turli nopokliklar bilan bog'lanmasa, Atman va braxmanlarning aralashish jarayoni sodir bo'ladi. Mabodo, inson faoliyati yerdagi nopokliklar bilan aloqador bo'lsa, uning joni ko'rinishida emas, balki hayvoniy tana sifatida qayta tug'iladi. Xind Vedalarida olam bir butun, tirik zotlarning hammasi butunning ajralmas zaralaridir. Odam esa o'sha tirik zotlarning o'ziga xos shakli, ko'rinishidir, deyiladi. Qadimiy Xitoy afsonalarida dastlabki inson - odamato Panga qiyofasida namoyon bo'ladi. Odamning boshqa tirik mavjudotlardan farq qiluvchi insoniy xislatlari haqidagi dastlabki mulohazalarni qadimiy Xitoy manbaalarida ko'rish mumkin. Inson haqidagi dastlabki falsafiy qarashlar Xitoyda eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda shakllangan. Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtli yoki baxtsiz bo'lish sabablarini osmondan emas, balki ular yashayotgan ijtiomiy muhitdan izlaganlar. Ularning ta'kidlashicha, ja'mi yaxshilik va yomonliklar odamlardan tarqaladi. Xitoyda keng tarqalgan Konfutsiy (e.a. 551-479 y.) ta'limoti bo'yicha, odamlar o'z tabiatlariga ko'ra xammasi bir, faqat tarbiya tufayli ular bir-birlaridan farq qiladilar. Konfutsiyning inson to'g'risidagi fikr-mulohazalari, shogirdlari bilan bo'lgan suhbatlarni aks ettiruvchi «Suhbatlar va mulohazalar» asarida ifodalangan. Jamiyatda sodir bo'layotgan turli axloqsizliklardan tashvishga tushgan Konfuysiy fuqarolarni tarbiyalashga harakat qiladi, ularni insofga chaqiradi. U insoniylikning turli fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgan inson faqat o'zi uchun emas, balki jamiyat uchun, ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.99 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.99 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:08 ]
Arxiv ichida: doc