Ma'naviyat falsafasi. Jamiyatning ma'naviy taraqqiyoti

Ma'naviyat falsafasi. Jamiyatning ma'naviy taraqqiyoti

O'quvchilarga / Falsafa
Ma'naviyat falsafasi. Jamiyatning ma'naviy taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

ma'naviyat falsafasi. Jamiyatning ma'naviy taraqqiyoti Reja: 1. ma'naviyat-ijtimoiy hodisa. 2. ma'naviyatda milliylik va umuminsoniylik. 3. ma'naviyatda axloq va e'tiqod birligi. 4. ma'naviyat va ijtimoiy taraqqiyot. ma'naviyat tushunchasi. ma'naviyat o'zbek tilida ko'p ishlatiladigan, shu bilan birga, eng kam o'rganilgan tushunchalardan biridir. Xuddi shunday fikrni boshqa olimlar ham bayon qiladi: «ma'naviyat atamasi rasmiy hujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda ko'p qo'llanilishiga qaramasdan, ilmiy tushuncha sifatida alohida tahlil etilmagan va ta'riflanmagan». Kundalik turmushda ko'p qo'llanadigan bu tushunchaning ilmiy jihatdan deyarli o'rganilmagani g'alati tuyuladi. Lekin bunday holatning ildizlari turli davrlarda unga bo'lgan munosabatda ko'rinadi. Bu munosabat esa, sobiq Ittifoq davrida, asosan, uni inkor qilish va unga past nazar bilan qarashda edi. Fanda, xususan, falsafada bu tushunchaning kam o'rganilgani, avvalo, shunda namoyon bo'ladiki, juda ko'p falsafiy tizimlarda unga mutlaqo etibor berilmagan, ularning asosiy tushunchalari - kategoriyalar silsilasida unga o'rin ajratilmagan. Bunday holning sababi esa ijtimoiy taraqqiyotda ma'naviyatning o'rnini ilg'ay bilmaslik yoki uni inkor qilishda edi. Marksizm falsafasi bu tushunchaning ijtimoiy taraqqiyotdagi o'rniga etibor bermas edi. Shuning uchun Marks falsafasidagi kategoriyalar tizimida unga o'rin ajratilmagan. Sho'rolar davrida falsafa bo'yicha bosilib chiqqan risola va maqolalarda, darslik va o'quv qo'llanmalarida, hattoki falsafiy atamalar lug'atlarida ham bu tushuncha tilga olinmagan. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatning taraqqiyot rejalari tuzilar ekan, rivojlanishning faqat iqtisodiy jihatlariga emas, ma'naviyat masalasiga ham alohida etibor berildi. Bu etibor faqat nazariya sohasida emas, amaliyotda ham namoyon bo'ldi. «Xalqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish, - deb yozgan edi Prezident Islom Karimov, - O'zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir». Mamlakatimizda ma'naviyat masalalari bo'yicha o'quv rejalari va dasturlar tuzildi, o'rta va oliy o'quv yurtlarida ma'naviyat fani kiritildi. Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuzilib, barcha viloyat, shahar va tumanlarda uning bo'limlari ochildi. 199 yilda Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashi tuzildi. Bu sohada Respublikamizda qator tadbirlar amalga oshirilgani va oshirilayotganini qayd etish bilan birga, bu tushunchani falsafiy tahlil qilish bo'yicha harakatlar juda sekin amalga oshayotganini takidlash joiz. Mavzu bo'yicha elon qilingan bir necha maqola, risola va uch-to'rtta kitoblar hisobga olinmasa, tadqiqotlar olib borish endi boshlanayapti. Bunday vaziyatning sabablarini esa, bizning nazarimizda, totalitar tuzum qoliplaridan, asoratlaridan hanuzgacha qutula olmayotganimizdan izlash kerak. Biz ham o'zimizda shakllanib qolgan munosabatni keskin o'zgartira olmayapmiz. Boshqa fanlarda bo'lgani kabi, falsafada ham hodisalarni o'rganish, ko'pincha ularni ifodalaydigan so'zlarning kelib chiqishini aniqlashdan boshlanadi. «ma'naviyat» so'zining negizida arabcha «mani» so'zi yotadi. «ma'naviy» so'zi maniga aloqadorlikni bildirsa, «ma'naviyat» «ma'naviy» so'zining ko'plikdagi shaklidir. «ma'naviyat» atamasining negizida mano so'zi yotar ekan, uning mazmuni, ko'lami, tarkibini aniqlab olish ma'naviyat atamasini to'laroq anglashga yordam beradi. Mano mohiyatning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.3 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.3 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga