Mantiq fanining predmeti asosiy vazifalari va tarixi

Mantiq fanining predmeti asosiy vazifalari va tarixi

O'quvchilarga / Falsafa
Mantiq fanining predmeti asosiy vazifalari va tarixi - rasmi

Material tavsifi

Mantiq fanining predmeti asosiy vazifalari va tarixi Reja: Mantiq faninig predmeti va o'rganish obyekti. Mantiq fani rivojlanishining asosiy bosqichlari. Mantiq fanini o'rganishning zarurligi va ahamiyati. Mantiq arabcha so'zdan olingan bo'lib so'z, fikr, aql manolarini bildiradi (yoki Logika, yunoncha - logike, deb xam ataladi). U ikki xil manoda qo'llaniladi: agar so'z narsalarning tarkibi, bog'lanishi ustida borsa - obyektiv; fikrlar bog'lanishi haqida boradigan bo'lsa - subyektiv mantiq bo'ladi. Mantiq tafakkur qonunlari, shakllari va usullarni o'rganadigan yani, mantiq (logika), tafakkur mantiqi, narsalar mantiqi yoki obyektiv mantiq inikosidir. Demak, mantiq inson tafakkurining shakllari qonun - qoidalari haqidagi fandir. Bu mavzuni o'rganishni bilishning mohiyati, tafakkurning bilish jarayonida tutgan o'rni va ahamiyati, uning asosiy xususiyatlari haqida ma'lumot olishdan boshlash lozim. Bu esa mavzuning bosh masalasini - tafakkurning (fikr yuritishning) mantiqiy shakli va qonunlarini yaxshi tushunib olishga yordam beradi. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari, tushunchalari hamda ularning mohiyatini ochish bilan boyoliq bo'lgan boshqa tushunchalar va atamalarning mazmuni to'liq va puxta o'zlashtirilishi lozim. Ana shundagina mantiqni o'rganishning maqsadi, uning hozirgi zamon bilimlari tizimida tutgan o'rni, nazariy va amaliy ahamiyatini tushunib etish mumkin. Bilish obyektiv borliqdagi predmet va hodisalar, ularning xossalari va o'zaro munosabatlarining inson ongida ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilishning asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil qiladi. Bilish jarayoni juda xam murakkab va ziddiyatlidir. Bilish odatda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlarini, yani sezgi organlarimizga bevosita ta'sir qiladigan xususiyatlarini aks ettirishdan boshlanadi. Qiyosiy bilish yoki jonli mushoxada sezgi, idrok, tasavvur shakllarida sodir bo'ladi. Inson hissiy bilish bilan chegaralanib qola olmaydi, u hissiy bilish natijalarini umumlashtirishga, predmetlarning o'xshash, muhim tomonlarini aniqlashga, ular o'rtasidagi ichki, zaruriy aloqalarni o'rganishga, demak borliq va uning qonuniyatlarini ochishga intiladi. Bu maqsadga, bilishning keyingi bosqichida - tafakkurda erishiladi. Tafakkur borliqni abstrakttsiyalashgan va umumlashgan obrazlarda aks ettiradi.Abstrakttsiyalash predmetlarning bazi xususiyatlaridan fikran chetlashgan, mavxumlashgan holda boshqalarini ajratishdan iborat usulidir. Tafakkurda hodisalarning tasodifiy, ikkinchi darajali xususiyatlari fikran chetlashtirilib, ularning umumiy, muhim xususiyatlari ajratiladi va shu asosda predmetlarning ideal obrazi hosil qilinadi. Masalan, moddiy predmetlarga xosindividual xususiyatlardan chetlashgan holda ularni qator umumiy xususiyatlarini ongimizdan tashqari mavjud bo'lishi, sezgi organlarimizga ta'sir qilishi va shu kabilarni ajratib, umumlashtirib «materiya» tushunchasi hosil qilinadi. Xuddi shu yo'l bilan harakat, jamiyat, ong va boshqa tushunchalar yaratiladi. Umuman fanning barcha tushunchalari, qonunlari, prinsiplari abstraktsiyalardan iborat. Tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Qator predmetlar hodisalarga xos bo'lgan umumiy xususiyatlarni, ular o'rtasidagi aloqalarni aks ettirar ekan, tafakkur bir hodisa haqidagi bilimlardan keltirib chiqarish imkoniyatiga egadir. Masalan ishlab chiqarishga texnika yutuqlarining qanday qo'llanilishiga qarab mehnat unumdorligining darajasi haqida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.07 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.07 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga