Markaziy Osiyo hududida falsafiy ta'limotida taraqqiyotning asosiy bosqichlari. Reja 1. Markaziy Osiyoda ilk falsafiy fikrni vujudga kelishi va rivojlanishi. 2. Abu Nasr Farobiy, Beruniy, Ibn Sino ilmiy-falsafiy tlimotlri. 3. Tasavvuf falsafasi, uning asosiy yo'nalishlari. Mazkur mavzuni o'rganishdan maqsad va unga maxsus urg'u berish, Prezidentimiz Islom Karimov tabiri bilan aytganda, yosh avlod qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, Yoshlarimizning iymon-e'tiqodlarini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o'zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va xurmat qilish fazilatini qaror toptirishidan iborat. (Islom Karimov Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonman -Fidokor gazetasi, 200 yil 8 iyun). Markaziy Osiyoda ilk falsafiy fikrni vujudga kelishi diniy - mifologik qobig'ida bo'lsa ham, unda ijobiy qarashlar va g'oyalar mavjud bo'lgan, bu falsafiy qarashlr qadimgi yozuv manbalarida o'z ifodasini topgan. Avesto, Behistun, Bundexishan, Denkard singari yozma yodgorliklar falsafiy g'oyalarga boy bo'lgan. Avestoda aks etgan asosiy falsafiy g'oyalar, diniy e'tiqodning yetakchi tushunchalari tarixiy shaxs Zardusht (Zardo'st) nomi bilan bog'liq. Uning nomiga nisbatan din ham shunday nom bilan, yani zardushtiylik deb ataladi. Zardushtiylik dinining qonun-qoidalari Avestoda bayon etilgan. Avesto kitobi eramizdan bir necha asrlar ilgari yuzaga kelgan. Avestoda o'tmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va yerdagi dunyoning yaratilishi bilan bog'liq afsona va rivoyatlar, Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayoti, ilm-fani o'z aksini topgan. Umuman olganda, Zardushtiylikda axloqiy masalalar diniy dunyoqarash nuqtai nazardan o'z ifodasini topgan. Bu dinda johillik, zo'ravonlik, tuhmat kabi yomon xislatlar qoralanadi, sof ko'pchilik bo'lish, xiyonat qilmaslik, savdoda bir-birini aldamaslik, xaqorat qilmaslik kabi fazilatlar targ'ib etiladi. Zardushtiylik tana va jonini bir-biridan ajratadi, jon o'lmaydi, u tana o'limidan so'ng osmonga, narigi dunyoga o'tib abadiylikka aylanadi. Avestoda tabiat, yani osmon, suv, yer, uni o'rab olgan jismlar va jannat haqidagi hukmron tasavvurlar, ularni bilish yo'llari va sistemalari to'g'risidagi tushunchalar o'z ifodasini topgan. Shuningdek, unda tibbiyotga, ijtimoiy hayotga, inson munosabatlariga oid turli tasavvurlar haqida ham ma'lumotlar mavjud. Undagi insoniyat rivojining turli davrlari haqidagi fikrlar diniy bashorat nuqtai nazaridan ifodalangan. Avestoda birinchi odam Yima davri oltin davr va baxt-saodat davri bo'lib, undan boshqa odamlar tarqalgan. Ikkinchi davrga yaxshilik bilan yomonlik kurashi xosdir. Uchinchi davr - bu kelajak bo'lib, unda yaxshilik yomonlik ustidan g'alaba qilish kerak. Avestoda harakat, rivojlanish yaxshilik xudosi Axuramazda va yomonlik xudosi Axrimanning kurashi va yaxshilikning enga borishi shaklida ifodalanadi. O'rta Osiyoda quldorlik eramizdan oldingi birinchi asr va eramizning boshlang'ich asrida taraqqiy etib, u II-II asrlarga kelib o'z o'rnini feodal munosabatlarga bo'shatib bera boshladi. Bu inqiroz zardushtiylarga bo'shatib bera boshladi. Bu inqiroz zardushtiylik ichida ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.05 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.05 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx