Markaziy Osiyodagi falsafiy fikrlar, uning jahon madaniyatida tutgan o'rni

Markaziy Osiyodagi falsafiy fikrlar, uning jahon madaniyatida tutgan o'rni

O'quvchilarga / Falsafa
Markaziy Osiyodagi falsafiy fikrlar, uning jahon madaniyatida tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

Markaziy Osiyodagi falsafiy fikrlar, uning jahon madaniyatida tutgan o'rni. Reja: 1 Markaziy Osiyodagi eng Qadimgi falsafiy qarashlar. 2 «Avesto» va zardushtiylik g'oyalari. 3. Moniy va Mazdakning falsafiy qarashlari. 4. Imom Al-Buxoriy va Imom At-Termiziy - buyuk xadisshunos olimlar. 5. Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy va Ibn Sinoning ilmiy- falsafiy qarashlari. Tasavvuf va uning tariqatlari. 6. XIV asr oxiridan XX asr boshigacha O'zbekistondagi ijtimoiy - Falsafiy tafakkur. Tarixni bilish, undan to'g'ri va xolis xulosalar chiqara olish inson ma'naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix - buyuk muallim, o'tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qadimgi davr falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa'rida yotgan madaniyat va falsafadan nima foyda, yaxshisi, Bugunning gapidan gapiring?, «O'tmish qa'ridan tashbeh izlagandan ko'ra, bugungi muammolar ustida bosh qotirgan ma'qul emasmi?» degan xayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham jon borga o'xshaydi. Ammo bir narsa aniq, o'tmishni bilmasdan turib, kelajakni to'gri tasavvur etish mumkin emas. Zero, o'tmishsiz kelajak yo'q. Shu ma'noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o'tmishga qiziqganimiz uchun o'rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ruy bergan xilma-xil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks etgani, ularni qanday g'oyalarning tuqilishika sabab bo'lgani, qaysi ta'limotlar insoniyat taraqqiyotika qanday ta'sir ko'rsatgani, qaysi mafkura odamzodni Ko'prok rivojlanish yoki tanazzul tomon yetaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o'rganamiz. Tarixni o'rganmoq va undan sabog' olmoq har bir inson uchun zarurdir. Bu-falsafa bilan shug'ullanayotgan mutaxassis uchun ham, uni o'rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarixni falsafasiz to'g'ri tushunib bo'lmagani kabi, falsafani ham tarix haqiqatisiz to'g'ri anglab bo'lmaydi. Shularni nazarda tutib, kuyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan iz koldirgan ayrim falsafiy qarashlar va ta'limotlar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Zardushtiylik ta'limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo'lgan davr mahsuli bo'lgan diniy-falsafiy ta'limotlardan biri zardushtiylikdir. Bu ta'limotga Zardusht asos solgan bo'lib, Sharq va g'arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko'ra, Zardusht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs ekanli haqida aniq bir to'xtamga kelingani yo'q. U o'zini paygambar deb e'lon qilgan. Lekin uning paygambarligi ilohiy asosga ega emas. Ya'ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o'z tasdig'ini topmagan. Keyinki yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdagi, bu ta'limot Vatanimiz hududida, xususan, Xorazm zaminida paydo bo'lgan. U o'z davrida xalqni ezgulik va adolat g'oyalarika da'vat etish, hayotbahsh an'analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan, uning g'oyalari bilan bog'lik qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o'ziga xos xususiyatlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.39 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.39 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga