Ong falsafasi (ong va ruhiyat)

Ong falsafasi (ong va ruhiyat)

O'quvchilarga / Falsafa
Ong falsafasi (ong va ruhiyat) - rasmi

Material tavsifi

Reja: Inikos -moddiy olamning umumiy xossasi. Inikos turlari. Ong kategoriyasi. Ongning ijtimoiy - tarixiy xarakteri. Tafakkur va til. Ong muammosi dunyoqarashning, har qanday falsafiy qarashning metodologik asosini tashkil etadi. Insonning voqelikka, boshqa odamlarga bo'lgan munosabatni tartibga solishning o'ziga xos shakli bo'lgan ong inson borligining mohiyati hisoblanadi. Ong o'z tabiati va mohiyatiga ko'ra juda murakkab bo'lib, uni qator fanlar o'rganadi. Sotsiologiya, fiziologiya, psixologiya, tilshunoslik, pedagogika kabi fanlar ongning alohida, malum bir tomonini o'z predmeti doirasida o'rgansa, falsafa ongni bir butun holda, har tomonlama olib o'rganish asosida uning umumiy mohiyati, kelib chiqishi va rivojlanishini, ong bosqichlari va tuzilishini, ma'naviy taraqqiyotning ichki qonunlari va yo'nalishi kabi masalalarni tahlil qiladi. Ilmiy falsafadagi ong masalasiga doir qarashlar inikos nazariyasiga asoslanadi. Inikos borliqning hamma ko'rinishlariga xos bo'lgan umumiy xususiyatdir. Inikos borliqdagi narsa va hodisaning o'zaro ta'sirida namoyon bo'ladigan aks etish jarayonidir. Inikos bir moddiy yoki ma'naviy narsaning boshqa moddiy yoki ma'naviy narsada o'z ta'sirini qoldirish, uni saqlash yoki bu ta'sirga muayyan tarzda aks ta'sir bilan javob berish kabi xususiyatlardir. Inikosning xarakteri, aks etiluvchi va aks ettiruvchi obyektning xususiyatlariga uning o'zaro ta'sir qilish va bu ta'sirni aks ettirish usullariga bog'liqdir. Shunga ko'ra borliqning turli xil ko'rinishlariga turli xil inikos shakllari xosdir. Inikosning eng passiv shakllarini noorganik tabiatda uchratamiz. Masalan, polda yoki yerda oyoq kiyim izi qoladi (mexanik inikos), jismlar issiqda kengayadi (fizik inikos), temir buyumlar zaxda zanglaydi oksidlanadi (kimyoviy inikos). Norganik tabiat ko'rinishlariga xos bunday inikos shakllari o'z xarakteri jihatidan organik tabiatdagi inikosdan tubdan farq qiladi. Inikos shakllarining rivojlanib borishi quyidagi mantiqiy sxema bilan ifodalash mumkin. N.T.I-ta'sirlanuvchanlik-sezgilar-psixik inikos-tafakkur. Materiya harakatining yuqoriroq- biologik shaklining kelib chiqqanligi aks ettirishning sifat jihatdan yangi shakli - ta'sirlanuvchanlikka o'tish uchun zarur shart bo'ladi. ta'sirlanuvchanlik hayot bilan birga vujudga kelgan va tirik materiyaning eng muhim xossalaridan biri hisoblanadi. Barcha mavjudotlar tashqi ta'sirga javoban ta'sirlanadi. Masalan, o'simliklardagi ta'sirchanlikning eng tarqalgan shakli tropizm xossasidir (fototropizm). Hayvonlar dunyosida ta'sirlanuvchanlik xossasi taraqqiyotning muayyan bosqichida sezgilar kelib chiqishiga olib keldi. Sezgilar hayvonot dunyosi taraqqiyotining ilk bosqichlarida kelib chiqishi bilan birga odamda ko'proq taraqqiy topdi. Sezgi obyektiv olamining subyektiv obrazidir. Borliq bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir etib, sezgi hosil qiladi. Hayvonlarni sezgilari ham, odamning sezgilari ham tabiatda mavjud bo'lgan narsa va hodisalarning inikosidir. Hayvonlar ruhiyatining muhim xususiyati instinktlardir. Instinktlar hayvonlarni muayyan turining evolyutsiya jarayonida to'plagan tajribasidir. Ular hayot sharoitiga qarab o'zgaradi, Yangi instinktlar bilan almashinadi. Instinktlar organizmning tashqi ta'sirlariga (ko'rasatadigan psixik reaksiyalaridir) javoban tug'ma his tuyg'u, sezgidan iborat. Masalan, qushlar doimiy havo yo'llaridan uchib o'tadi, baliqlar o'zi bir vaqt tuxumdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.67 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.67 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga