Qadimgi dunyodan o'rta asrlarga qadar faylasuflarning biologik qarashlari

Qadimgi dunyodan o'rta asrlarga qadar faylasuflarning biologik qarashlari

O'quvchilarga / Falsafa
Qadimgi dunyodan o'rta asrlarga qadar faylasuflarning biologik qarashlari - rasmi

Material tavsifi

RYeJA 1.Osiyo va O'rta yer dengizi mamlakatlarida tirik tabiat haqidagi bilimlar. 2.Qadimgi Hindiston va Xitoyning yuqori sivilizatsiyaga erishishi,taraqqiyotning qadimgi grek va rim faylasuflarining dunyo qarashiga ta'siri. 3.Tabiatda yuz beruvchi jarayon va hodisalar haqidagi tasavvurlar. 4.Ptolomeyning-dunyoning geotsentrik tizimi. 5.G'arb va sharq,O'rta Osiylik mutafakkirlarning tabiatga nisbatan qarashlari. 6.Xulosa. Qadimgi sharq mamlakatlarida garchi quldorlik davri bo'lsada,lekin o'sha paytda yozilgan bazi qo'l yozmalarda tabiat qonunlarining amal qilishi tirik mavjudotlarning yuzaga kelishi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Qadimgi misrliklarni ko'p sonli shifobahsh o'simliklarni bilishlari,odamning tana tuzilishi va unda kechadigan jarayonlardan xabardor ekanligi,jaroxlik bilan shug'ullana bilganliklari,ularning muqaddas papirusli bitiklarida turli xildagi yozuv bitiklar,o'simlik va hayvonlarning rasmini mavjudligi bu xalqning tabiat to'g'risidagi tasavvurlari qadimdan mavjud bo'lganligidan dalolat beradi.Qadimgi Misrda bug'doy va arpaning 3 turi,tariq,no'xat,zig'ir,tok ekanliklari dehqonchilikning rivojlanganligidan dalolat beradi.Bundan tashqari yirik shoxli qoramol,ot,eshak,qo'y,echki,cho'chqa,bir o'rkasli tuya,mushuk,antilopa,g'oz,o'rdak va kabutarlar xonakilashtirilganligi haqida ma'lumotlar bor. Qadimgi Vaviloniya va Mesopatamiya davlatlarida otning xonakilashtirilishi,yirik eshaklar,qo'ylar va qo'lga o'rgatilgan qoramollarni yovvoyi tur bilan chatishtirilishi bu xalqlarning tanlash va xonakilashtirishdan xabardorliklarini bildiradi. Vaviloniyaliklarni tasavvurida hayot asosida qon,hayotning asosiy azosi jigar va tafakkur qilishja yurak asosiy azo hisoblanadi.Qadimgi qo'l yozmalardagi biologik bilimlar Mitaniyalilik (Kichik Osiy) Kikulli tomonidan ko'rsatilgan. Qadimgi Hindistonda eramizdan avvagi 3 asrlarining o'rtalarida ko'p sonli o'simliklarning madaniylashtirilganligi,qora mollar,it va kabutar,tovuq va filning xonakilashtirilganligi malum.Tibbiyotga qiziqish,odam anatomiyasi,fiziologiyasi va embriologiyasi bilan bog'liq ma'lumotlar eramizdan avvalgi 4 asrda yaratilgan Ayur-vedi bitigida keltirilgan bo'lib, unga ko'ra tabiatning asosida 5 element: olov,tuproq,suv,havo va efir yotishini,ular bilan so'lak,shira va havoning qo'shilishidan qon,go'sht,yog',suyak va miyaning yuzaga kelganligi takidlanadi.Eramizdan avvalgi 4-5 asrlarda yaratilganRamayana va Maxobxorat nomli xalq dostonlarida o'simlik va hayvonlarning tuzilishi va ularning ekologiyasi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Eramizdan avvalgi 2-3 asrlarda Xitoyda ham dehqonchilikning rivojlanishi,sug'orish inshoatlarini qo'rilishi,ko'plab o'simliklarning madaniylashtirilishi,undan ham avvalroq xonakilashtirilgan hayvonlar qatorida tut ipak qurtining ham bo'lishi,shoyidan boy zadogonlarning kiyim kiyganliklaridan dalolat beradi.Bundan tashqari tibbiyotning yuqori darajada rivojlanganligi tufayli odamlarni igna va turli xil giyohlar yordamida davolanganligi bu xalqning odam anatomiyasi va fiziologiyasidan xabardor bo'lganliklaridan dalolat beradi.Lekin ko'pgina asrlar mobaynida xitoy tibbiyotida tig' yordamida jarohlik qilish na faqat odam,balki tirik jonzotlarga nisbatan ham gunoh hisoblangan.Eramizdan avvalgi 298-238 yillarda yashab o'tgan Syun Tszi faqat odamgina hayvonlardan farqli ravishda aql-idrokga ega bo'lib,u o'z xatti-xaraklarini birlashtira oladi va jamiyatdagi o'z o'rnini belgilay oladi deydi.Xitoy falsafasining asosida harakat mujassamlangan bo'lib,xar qanday materiyaning faqat harakat asosidagina mavjudligi takidlangan. Qadimgi Osiyo xalqlarida sivilizatsiyaning rivojlangan bo'lishi eramizdan avval yashab o'tgan Yunonistonlik faylasuflarning dunyo qarashiga o'z ta'sirini o'tkazgan.Fales va Anaksimandr singari tabiyotshunos faylasuflarning fikricha sharq afsonalaridagi jamiyatning rivoji tabiiy bilimlarning shakllanishida ijtimoiy xo'jalik amaliyotining ahamiyati o'z ifodasini topgan. 530-470 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.61 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.61 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga