Qadriyatlar falsafasi. O'zbekistonda inson qadri va shaxs erkinliklari

Qadriyatlar falsafasi. O'zbekistonda inson qadri va shaxs erkinliklari

O'quvchilarga / Falsafa
Qadriyatlar falsafasi. O'zbekistonda inson qadri va shaxs erkinliklari - rasmi

Material tavsifi

Qadriyatlar falsafasi. O'zbekistonda inson qadri va shaxs erkinliklari Reja: 1. Qadriyatlar mavzusining tarixiy ildizlari. 2. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida qadriyatlarga munosabat. 3. Qadriyat kategoriyasi, uning asosiy shakllari. 4. Qadriyatlarning jamiyat va inson hayotidagi ahamiyati. 5. Yoshlarda qadrlash tamoyillarini to'g'ri tarbiyalash vazifalari. Qadriyatlar to'g'risidagi fan - Aksiologiya (aksio - qadriyat, logos fan, ta'limot manosini anglatadi) falsafaning shu masalani o'rganadigan va u bilan shug'ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq Ittifoq davrida bu to'g'rida nihoyatda kam ma'lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar to'g'risidagi qarashlarimiz shitob bilan o'zgardi. Sobiq Ittifoqning ilgari ulug'langan partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o'tgan o'n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O'zbekistonda qadriyatlarga etibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi - Aksiologiyaning ko'pdan-ko'p mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izlanishlarida o'ziga xos o'rin tutmoqda. «Moziyga qaytib ish qo'rmoq xayrlidir», deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «o'tgan kunlar» romanida. Xuddi shunday, «Qadriyat o'zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo'lsa-da, o'rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo'lmaydi. Qadriyatlar mavzuining tarixi, ildizlari va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o'tmishga ega. G'arb olimlari bu borada, asosan, Yevropamadaniy merosi va g'oyalariga tayanadilar, ko'plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G'arbda qadriyatlar bilan shug'ullanadigan falsafiy soha - Aksiologiya (aksio - qadriyat, logos - ta'limot) fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo'ladi. Biz Suqrot va Aflotun, Arastu va Hegellar katta etibor bergan bu mavzuning G'arb falsafasida o'z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz. Ammo ushbu mavzu ko'hna va navqiron Sharq, xususan O'zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G'arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan xoli bo'lmasa kerak. Nomlari sivilizatsiyamiz tarixiga abadiy bitilgan Xorazmiy, Forobiy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, NAQSHband, Ulug'bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, zamona realliklari nuqtai nazaridan xolisona talqin qilishdadir. Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tarixi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, yani xalq og'zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi to'g'risidagi asarlarda, Alpomish, To'maris va Shiroq to'g'risidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoiylik kabi ko'plab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. ma'naviy merosimizning yorqin namunasi - «Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi bo'lganligidan, unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash mezonlari, o'sha davrdagi milliy g'oyalar yorqin ifodalangan. Qadrlash to'g'risidagi qarashlar rivojida VII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.03 KB
Ko'rishlar soni 163 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.03 KB
Ko'rishlar soni 163 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga