Barchasiga men javobgarman Bu sahifani o'qish bilan siz o'zingizga ishonchni mustahkamlash yo'lida birinchi qadamni qo'ydingiz. Har bitta maqolada shu mavzuga mos keladigan eng samarali va oddiy mashqlar keltirilgan. Bu mashqlar shu darajada oddiyki, ularni har qanday odam bajarishi mumkin. Buning uchun maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi. Ayrimlar Bu safsata, bu darajada oddiy bo'lishi mumkin emas deyishi mumkin. Lekin shunga qaramasdan aynan ana shu safsata ishlaydi. Siz bor-yo'g'i bitta maqolani o'qisangiz va unda keltirilgan mashqlarni o'zlashtirib olib, ularni hayotga tadbiq qilsangiz, siz nafaqat ayrim muvaffaqiyatlarga erishasiz, balki o'zingizga bo'lgan ishonchingiz ham ancha oshadi. Xo'sh o'ziga ishonch nimadan paydo bo'ladi? Agar bo'lsa nima bo'ladi? - degan savolni o'zimizga beramiz va noma'lumlik oldida qo'rquv paydo bo'ladi. O'zingizga ishonch paydo qilish uchun aynan mana shu qo'rquvni o'zingizga xizmat qilishga majbur qilishingiz kerak. YA'ni kelajakni iloji boricha oldindan aytib bera olishingiz, voqealar rivojining bo'lishi mumkin bo'lgan barcha holatlarini ko'ra olishingiz kerak bo'ladi. Nima sodir bo'lishini oldindan bilsa, bu hatto biz uchun yoqimli narsa bo'lmasa ham, oldingidek qo'rquv bizni o'z iskanjasiga ola olmaydi. Biz o'z-o'zimizni o'zgartira olishimizni esdan chiqarmang. Har bir soatda, har bir daqiqada biz o'zimizni tanlaymiz. Bu qanday bo'lishi mumkin? - deb so'rarsiz? Bu juda oddiy. Do'stingizning juda ajoyib, eng so'nggi texnologiyadagi telefon bor. Uning imkoniyatlarini ko'rib, juda qoyil qoldingiz. Ertasi kuni bor pulingizni sarflab xuddi shunday telefon apparati sotib oldingiz va bu imkoniyatlardan foydalana boshladingiz. Bu bilan siz o'zingizni zamonaviy yigit yoki qiz deb hisoblay boshladingiz. Lekin siz buning aksini ham qilishingiz mumkin ediku. Siz telefon faqat gaplashish uchungina zarur deb hisoblab hech qanday yangi apparat sotib olmasdan, o'zingizning gaplashish va soatni bilishdan boshqa imkoniyati bo'lmagan eski telefoningizdan foydalanaverishingiz va bu bilin o'zingizni tejamkor kishi deb bilishingiz mumkin edi. Mana sizga tanlov. Zamonaviy bo'lasizmi yoki tejamkormi? Bunday tanlov odatda ongsiz ravishda amalga oshiriladi. O'zingizga ishonch hosil qilish uchun o'zingizni bu vaqtda anglashingiz kerak bo'ladi. Bu vaqtda siz o'zingizni yaratayotganligingizni esdan chiqarmasligingiz kerak. Siz - eyotgan narsangiz emas, balki o'ylayotgan narsangizdirsiz. O'zingizga ishonch - bu o'zingizga, atrofingizdagi odamlarga va hodisalarga nisbatan sizning tutgan pozitsiyangizdir. Bu pozitsiyani o'zgartirish mumkin. Dunyo o'sha-o'shaligicha qolaveradi, lekin sizning unga qarashingiz salgina o'zgaradi va siz uni boshqacharoq qabul qila boshlaysiz. Men kasbim taqozosiga ko'ra har kuni ko'plagan odamlar bilan muloqot qilaman va ularning deyarli 40 foizi chuqur depressiyadagi odamlar ekanligini ko'raman. Ular hayotning qiyinligidan, ishlarining og'irligidan, atrofdagilarning ularni tushunmasliklaridan, doimo unga qarshi ish qilishlaridan, oilasining unga e'tibor qaratmasligidan, bolalarning bebosh bo'lib ketayotganligidan, vrachlarning o'zibo'larchiligi tufayli sog'liqlari yomonlashganidan va yana bir ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.61 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.61 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: docx