Bashorat va ilmiy bashorat ijodiy jarayon sifatida Reja: Fanda bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti Bashoratning turlari. Ilmiy bashorat ijod shakli sifatida Fanda bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti Bashorat - u yoki bu voqealarni oldindan aytish, mavjud bo'lgan, lekin hali tajribada qayd etilmagan voqealar yoki hodisalar haqidagi bilimdir. Bashorat ham inson faoliyati bilan bog'langan. Masalan, 1503 yilda tug'ilgan Mikayel Nostradamusning bashorati 2240 yilni qamrab olgan bo'lib, 1557 yildan 3797 yilgacha davom etadi. Nostradamusning bashorat kitobi «Sentruya» deb atalgan. Yuz misradan iborat bu kitob she'riy uslubda yozilgan. Uning bashorati butun Yevropani va hayotning barcha sohalarini qamrab olgan. Nostradamus bashoratining bir qismi hayotligida hamda keyingi yillarda amalga oshgan.Masalan, 1582 yilda Grigoriy taqvimi joriy qilinganligi, 1597 yilda chaqmoqtoshdan miltiqning kashf etilishi, 1609 yilda Galiley ta'limotining paydo bo'lishi, 1536 yilda Kanadaning kashf etilishi, 1546 yilda Portugallarning Yaponiyaga yetib borishi, 1618 yilda termometrning ixtiro qilinishi, 1642 yilda Avstraliyaning kashf etilishi, 1769 yilda Angliyada bug' mashinasining kashf etilishi, 1812 yilda Napoleonning Rossiyaga hujumi, 1841 yilda telegrafning ixtiro qilinishi, 1876 yilda telefonning vujudga kelishi, 1895 yilda rentgen qurilmasining yaratilishi kabilar. Bulardan tashqari, Nostradamus ko'plab boshqa voqealarni, haloqatlar, kasalliklar, zilzila, ochliklar bo'lishini bashorat qilgan. Ta'kidlash lozimki, Nostradamus o'z vaqtida Bibliya va ko'plab donishmandlarning asarlarini chuqur o'rgangan. Uning bashorati shularning natijasi bo'lsa kerak. Demak, bashorat ham insonning bilimiga bog'liqdir. Nostradamus yulduzlar faoliyatini ham chuqur tahlil qilgan. Bu ilmiy bashoratdir. Chunki oldindan aytib berishni obyektiv qonunlari bashoratchining nazaridan chetda qolmagan. Oldindan aytib berish u yoki bu shaxsning iste'dodiga ham bog'liq. Fan taraqqiyoti qanchalik ilgarilasa, oldindan aytish jarayoni shunchalik tezlashadi. Bashorat qilish deganda yana shunday jarayonlar tushuniladiki, biron-bir hodisaning rivojlanish istiqbollari maxsus ilmiy ravishda o'rganilib xulosalar chiqariladi. Bashorat qilishga misol qilib oyning va quyoshning tutilishi, kunlik, oylik, yillik ob-havo o'zgarishlarini, jamoada bo'ladigan ba'zi hodisalarni olish mumkin. Hozirgi zamonda iqtisodiy sohalarni bashorat qilishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Iqtisodiy bashoratda turli usullardan foydalaniladi. Iqtisodiy rivojlanishni o'rganishda bilishning maxsus uslublari zarur bo'ladi. Usullardan ekstropolyatsiya, tarixiy analogiya, tarixiylik-mantiqiylik, modellashtirish, induksiya va deduksiya kabilar iqtisodiy rivojlanishni belgilashda foydalaniladigan usullardir. Iqtisodiy nazariyalarni ishlab chiqishda futurologiya, ekologiya va boshqa fan usullaridan ham foydalaniladi. Iqtisodchi olimlardan J. Gelbreyt uzoq muddatli iqtisodiy bashorat asosida yangi industrial jamiyat nazariyasini ishlab chiqqan bo'lsa, D. Bell shunday yondashish natijasida postindustrial jamiyat nazariyasini, R. Aron esa, yagona industrial jamiyat nazariyasini, U. Rostou esa o'sish bosqichlari nazariyalarini yaratdilar. Bashorat qilish uchun voqelikni mukammal bilish talab etiladi. Bashoratni paydo qiluvchi qonuniyatlar mavjud bo'lib, bu qonuniyatlarning o'rni to'g'ri belgilanganda bashorat natijali bo'ladi. Ma'lumki, hozirgi inson ...

Joylangan
10 Mar 2024 | 07:43:41
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.18 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
10 Mar 2024 [ 07:43 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.18 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: doc