Inson tushunchasi mohiyati va mazmuni

Inson tushunchasi mohiyati va mazmuni

O'quvchilarga / Falsafa
Inson tushunchasi mohiyati va mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Inson tushunchasi, mohiyati va mazmuni Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Inson tushunchasi, mohiyati va mazmuni 1. Odam va inson tushunchalarining afsonaviy, diniy va falsafiy talqinlari. 2. Markaziy Osiyo falsafasi inson, uning mohiyati haqida. 3. Insonning mohiyati. Insonning kelib chiqishi va mohiyati haqida hozirgi zamon fani. 4. Shaxs muammosi. Shaxsning tiplari. Inson muammosi azaldan falsafaning bosh mavzularidan biri bo'lib kelgan. Juda ko'p mutafakkirlar va olimlar uning mohiyati, tabiati, dunyodagi o'rni va vazifasini anglab yetishga harakat kilganlar. Turli falsafiy ta'limotlarda bu masalalar turlicha talqin etilgan. Homo sapience (aqlli jonzot, inson ma'nosini anglatadi) evolyusiyasi to'g'risida so'z yuritganda oddiy biologik yeki fakat ijtimoiy mezonlarga emas, balki biologik-ijtimoiy mezonlarga suyanish lozim. Bu esa ijtimoiy-gumanitar va tabiiy- ilmiy sohalardagi yutuqlarni o'zida mujassamlashtirgan kompleks yondashuvni taqozo etadi. Insonning mohiyati haqidagi ta'riflar rang-barang. Suqrotning O'zingni angla degan serma'no fikri har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. sharq falsafasi tarixida xam inson bosh mavzulardan biridir. Masalan, Forobiy falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli sifatida talqin kilinadi. Mutaffakkir insonning barcha olijanob fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson hayotining mazmuni - baxtli bo'lishi va baxtli qilishga intilish, bunga esa faqat ilm va ma'rifat orqali erishish mumkinligini ko'rsatdi. Beruniy va ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur tufayli ekanligini isbotlashga qarakat qildilar. Bundan farqli o'larok, Abu Homid G'azzoliy bu ustunlikni aqlda emas, balki inson kalbida ekanligini ko'rsatdi; aql imkoniyatlari cheklanganligini isbotlashga harakat qilgan tasavvuf ta'limotida komil inson asosiy g'oyalardan biri edi. Bu komillik, asosan, ma'naviy barkamollik, ruhiy yuksalish, jismoniy orzu-istaklarni idora kila bilishda namoyon bo'lishini uktirganlar. sharq falsafasida inson to'g'risidagi qarashlar sharqona tafakkur va turmush tarzi bilan uzviy bog'liq holda rivojlangan. G'arb mutafakkirlari ham insonni turlicha ta'riflaganlar. Nomosapiens - aql-idrokli jonzot eng ko'p qo'llaniladigan ta'rif. Animal rationale - oqil hayvon ta'rifi K.Linneyning zoologik tasnifida keltirilgan; a tool making animal - «qurol yasovchi hayvon» - Franklin taklif kilgan ta'rif; «ramziy hayvon sifatidagi odam» - Animal sumbolicum - Kassirer chiqargan xulosa. Kerkegor «insonni tanlash qobiliyatiga ega jonzot», Nisshe inson - va'da berishga kodir, bizni axloq qoidalari dunyosiga olib kiruvchi jonzot tarzida ta'riflagan. Russo: «Fikrlovchi inson - yo'ldan ozgan jonzotdir», degan. Bu ta'riflarni falsafa tarixida insonning mavjudligi yagona ishonchli dalil asosida aniqlangan davrda dunyoga kelgan ta'riflar bilan tenglashtirish mumkin. Masalan, F.Dekartning «sogito yeggo sum» -fikrlayapman, demak, mavjudman yoki J.Berklining «mavjud bo'lish - idrok etilish demak», Men de Biranning «Vo1o yeggo sum» - «xohlayapman, demak, mavjudman», A.Kamyuning «isyon kilyapman, demak, yashayapman» kabi fikrlari ham inson tabiati va mohiyatining yangi-yangi kirralarini namoyon etadi. Bunga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.8 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 45.8 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga