Mavzu: Jamiyat qonunlarining ijtimoiy shart-sharoit bilan o'zaro bog'liqligi va namoyon bo'lish shakllari Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Jamiyat qonunlarining ijtimoiy shart-sharoit bilan o'zaro bog'liqligi va namoyon bo'lish shakllari Reja: 1. Jamiyat qonunlari ularning namoyon bo'lish shart-sharoitlari. 2. Ijtimoiy taraqqiyot tabiiy tarixiy jarayon sifatida. Ijtimoiy ehtiyojlar, manfaatlar taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi sifatida. 3. Ijtimoiy taraqqiyotning subyektlari. Ijtimoiy taraqqiyotning subyektlari va harakatlantiruvchi kuchlari to'g'risidagi qarashlar. 4. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida kishilardan jamiyat rivojlanishi qonunlarining shakllanish xususiyatdari. Jamiyat qonunlari bilan ularning namoyon bo'lish shart-sharoitlarining o'zaro bog'liqligi muammosi hozirgi kunda O'zbekiston amaliyotida muhim o'rin tutadi. XX asrning oxiriga kelib dunyo xaritasida yangi mustaqil davlat paydo bo'ldi. Ular, hozirgi til bilan aytganda, sotsialistik o'tmishga ega bo'lgan, o'z siyosiy mustaqilliginitinch yo'l bilan qo'lga kiritgan davlatlardir. Bu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo'liga qadam qo'ydi. Ular dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o'z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda. Tenglar orasida teng bo'lishga, jahon maydonining tarkibiy qismiga aylanishga harakat qilmoqda. Bu davlatlar oldida muvaffaqiyatsiz, chippakka chiqqan tarixiy tajribaning fojiali oqibatlarini qisqa davr ichida bartaraf etish vazifasi turibdi. Ular zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ega bo'lgan, odamlar munosib turmush kechirishini ta'minlay oladigan, insonning huquq va erkinliklari himoya qila oladigan chinakam demokratik jamiyat qurishdek murakkab vazifani hal etishi zarur ekanligini, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitning jamiyat qonunlarining amal qilishga, ro'yobga chiqishiga bo'lgan ta'sirini nazariy jihatdan chuqur o'rganishga talab qilmoqda. Eski tuzumda amal qilgan qonun va nazariyalarni inkor etib, bugun ijtimoiy hayotimizdaro'y berayotgan muhim va chuqur o'zgarishlarni zamon talabalari asosida atroflicha tushuntirib beradigan yangi ilmiy g'oyalar, prinsiplar, nazariyalarni yaratish zarur. Bu nazariyalarning qanchalik xaqiqatligi, to'g'riligi aynan shu shart-sharoit muammosi bilan chambarchas bog'liqdir. Avvalo, qonunlarning amal qilish shart-sharoiti deganda nima tushuniladi? Qonunlarning amal qilishida, ro'yobga chiqishida har xil sharoitlar bir xil ahamiyat kasb etadimi? Umuman, qonunlarning namoyon bo'lishida shart-sharoitning ta'sirini qanday bilish va hisobga olish mumkin? Ushbu savollarga javob topish hozirgi kundagi eng dolzarb iqtisodiy-falsafiy muammalardan hisoblanadi. Biz yuqorida qonunga ta'rif berganimizda, uning tuzilishiga shart-sharoit tushunchasini ham qiritgandik. Ya'ni har qanday qonun ma'lum shart-sharoitda ijtmioiy hodisa va jarayonlar rivojlanishining tabiati va yo'nalishini belgilab beradi. Shunday ekan shart-sharoit tushunchasi qonunlarning ta'sir doirasi, qonun namoyon bo'lish shakli bilan o'zaro nisbati, umumiy va juz'iy qonunlarning o'zaro aloqadorligi, tarixiy xususiyati, qonunlarni bilish va ulardan amalda foydalanish masalalarini o'rganish va ularning mohiyatini ochib berish uchun kalit bo'lib xizmat qiladi. Xullas, qonun muammosini o'rganishning hamma jihatlari shart-sharoit tushunchasi bilan umumiy, muhim va zaruriy aloqada bo'lib, bunda shart-sharoit tushunchasi qonun kategoriyasining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Har qanday ijtimoiy hodisa va jarayonlarning rivojlanishi nafaqat qonunlar bilan, balki ma'lum ...

Joylangan
12 Mar 2024 | 01:05:57
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.11 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
12 Mar 2024 [ 01:05 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.11 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx