Ong, in'ikos va faoliyat

Ong, in'ikos va faoliyat

O'quvchilarga / Falsafa
Ong, in'ikos va faoliyat - rasmi

Material tavsifi

Ong - in'ikos va faoliyat Reja: 1. Ong - falsafiy kategoriya sifatida. 2. Ong - voqelikning in'ikosi. 3. Ongning tarkibi va manbalari. 4. Falsafada ideal va ideallik muammosi. 5. Ong va tilning o'zaro aloqadorligi. 6. Fenomenologiya - ong tarkibini o'rganishning muhim uslubi. 1.ONG -FALSAFIY KATEGORIYA SIFATIDA Ong va ruhni falsafiy jihatdan o'rganish uni borliqning o'ziga xos ma'naviy shakli ekanligi bilan asoslanadi. Shu sababli falsafada ong kategoriyasi insonning butun moddiy va ma'naviy faoliyatini tahlil qilish va tushunish bilan ham chambarchas bog'liqdir. Ong masalasini talqin qilishda turli falsafiy maktablarning namoyondalari o'z fikrlarini bayon qilishganlar. Qadimgi yunon faylasuflaridan biri Suqrot «o'zingni bilsang, olamni bilasan» degan edi. Bu fikr ortida olam kabi inson ham murakkab bo'lib, u o'zini bilish va anglash orqali olam mohiyatini anglashga yo'l ochishi mumkin degan xulosa yotadi. Suqrotning falsafiy fikr va mulohazalarida inson va uning ongini o'rganish turar edi. Suqrotning tushuntirishiga insonning ongi turli holatlarda va darajalarda sodir bo'lib, u bir necha qatlamlardan iborat bo'ladi. O'sha murakkab ongning sohibi - individdir. Indiidning ongi esa turli ijtimoiy ongning mazmunini oliy instantsiya belgilab beradi, oliy instantsiya esa Suqrotning tushuntirishicha aqldir. Yunon faylasuflaridan biri bo'lgan Demokritning fikricha bilish obyekti moddiy olam bo'lib, ongimiz esa moddiy olam bo'lib, sezgilar orqali aks ettirilishidan iboratdir. Sharq falsafiy maktabining asoschilaridan biri hisoblangan Forobiy esa inson o'zini qurshab turgan olamni, sezgi a'zolari aql idroki orqali bila boradi. Inson aqli moddiy olam rivojlanishining eng oliy mahuslidir. Forobiy inson aqlining roliga katta baho beradi. Inson aql - tafakkur yordamida borliqni, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning mohiyatini bilib beradi deb ta'kidlaydi. Islom ta'limoti va tasavvuf falsafasiga ko'ra ong va ruh olloh tomonidan insonga in'om qilingan bo'lib, u o'lmas va abadiydir. Shuningdek inson xudo tomonidan yaratilgan bo'lib, boshqa mahluqotlardan farqli o'laroq unga ilohiy aql ato etilgandir. subyektiv idealizm tarafdorlari moddiy dunyoni ong vujudga keltiradi deb ta'kidlashadi. Jumladan ingliz faylasufi J.Berkli (1685 - 1753 y) bizni o'rab turgan narsalar faqat bizning sezgilarimizda mavjuddir. Moddiy dunyo esa kishi ongida, sezgi va tasavvurlaridagina mavjuddir deydi. Xudi shunday fikrni Avstriyalik fizik faylasuf Ernest Max (1838 - 1916) va Shvetsariyalik faylasuf Rixard Avenarius (1843 - 1869) ham ilgari suradilar. Ular insonning ongi tashqi olamni «sezgi elementlari» dan iborat bo'lib, shu tariqa obyekt subyektdan, narsalar sezgidan ajralmaydigan bo'lib chiqadi. Narsalar esa sezgilar kompleksi sifatida yuz beradi degan fikrni ilgari suradilar. Nemis klassik falsafasining yirik vakili, obyektiv idealist Gegel (1770 - 1831) esa borliq ongning mahsuli deydi. Uning fikricha ong, insonning oddiy ongi bo'lmagan, undan tashqaridagi ongdir, dunyoviy ruhdir. Gegel ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.29 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.29 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga