O'rta asrlar va yangi davr Ovropadagi falsafiy fikrlar Reja: 1. O'rta asarlarda Ovrupa madaniyati.Nominalizm va Realizm,apoloketika, patristika va sxolastika g'oyalari. 2. Renessans davri falsafiy tafakkuri. 3. XVII-XIX asr Yevropafalsafasidagi oqimlar va falsafiy maktablar. 4. Nemis milliy falsafasi.I.Gant, V.Kekel nemis falsafasining yirik namoyondalari Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan O'rta asrlar falsafasigacha, ya'ni miloddan ilgarigi 1 asrdan milodning X1V asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo'ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko'rish mumkin: 1. Xiristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi; 2. O'rta asrlarga kelib inkvizisiyaning ustivor yo'nalishga aylanishi. Knostika, apoloketika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o'sha davr falsafasining qiyofasisini belgilaydi. Knostiklar. Bu davr falsafasida o'z o'rniga ega bo'lgan knostisizm eramizning 150 yillarida o'zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta'limot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o'z tabiatinnik ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Bu masalada knostisizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu urinishda knostisizm galaba qilsa, xristianlik qadimgi dunyoning navbatdagi falsafiy dini bo'lib qolar edi va shunday bo'ldi ham. 354 yilda Pompey sobori xristianlikni Rim imperiyasining asosiy dini deb e'lon kildi. Dualizm - knostisizmning asosiy yo'nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o'rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta'kidlaydilar. Ular ta'limotida materiya hamma vaqt yovuzlik timsolidir. Bundan ular xudo hech maxal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Knostiklar tomonidan e'lon qilingan darveshlik (asketizm) O'rta asrlarda monahchilikning vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Apoloketlar xristianlik tarixida I va II asrlarda vujudga keldi. Apoloketika so'zining lugaviy ma'nosi «himoya qilish», - demakdir. Apoloketlar hukumatning xristianlikka bo'lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta'qib qilishi xech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o'z asarlarida mushriklik (Ko'p xudolik) adabiyotlaridan olingan bahslashish (dialok) shaklidan, yoki apoloketikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar. Apoloketlar asarlarida ikki an'ana yaqqol sezilib turadi. Ya'ni inkor qilish va tasdiqlash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo'yilgan ayblar - gayriodatiy harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning «Birinchi apolokeya», «Ikkinchi apolokeya» asarlarini, Tulean va Anaksakor kabi faylasuflar faoliyatini ta'kidlash lozim. «Patristika»- so'zi «ota» («padre») so'zidan kelib chiqgan. Bu nom bilan odatda g'arbda yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharqda mashhur bo'lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347-407) edi. Uning 640ta da'vatlaridan Ko'pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharxi edi. Uning asarlarida injilni amaliy qo'llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan. g'arbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Pok» degani unvonga sazovor bo'lgan Avreliy Avkustin (354-430) bo'lib ...

Joylangan
12 Mar 2024 | 01:05:57
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.01 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Mar 2024 [ 01:05 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.01 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: doc