Mavzu: Qonun - ijtimoiy falsafiy kategoriya sifatida Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: QONUN - IJTIMOIY FALSAFIY KATEGORIYA SIFATIDA Reja: 1. Qonun tushunchasi mazmun va mohiyati. 2. Qadimgi G'arb faylasuflarining qonun to'g'risidagi qarashlari. 3. Sharq mutfakkirlarining ijtimoiy qonuniyatlar to'g'risidagi qarashlari. 4. Jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunlari. Hozirgi zamon fani jamiyatda yuz berayotgan barcha ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy hodisa va jarayonlar muayyan qonunlar asosida vujudga kelishini va rivojlanishini hamda qat'iy qonuniyatlarga bo'ysunishini ko'rsatadi. Ularni ochib berish, inson va jamiyat manfaatlari yo'lida ulardan unumli foydalanish yo'llarini ko'rsatib berish ijtimoiy fanlar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Zero, qonun va qonuniyatlarni ochib berish voqelikni boshqarish kalitini topish demakdir. Shu bois ham qadim zamonlardanoq olimu fozillar har bir narsa, voqea, hodisa va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini bilishga qiziqqandir, borliq qonunlarini o'qishga uringanlar. Avvalo biz tadqiqotimiz mavzueni yoritishimizdagi ahamiyatidan kelib chiqib ijtimoiy falsafaning o'ziga xosligi va predmeti to'g'risida masalaga qisqacha to'htalib o'tsak. Aytish mumkinki bugungi kunda falsafiy adabiyotlarda masalaga nisbatan quyidagi ikki xil nuqtai nazar mavjud; Birinchi nuqtai nazarga asosan; ijtimoiy falsafa jamiyatning falsafiy potensiali (imkoniyatlari)ni aniqlash va tahlil qilishga qaratilgan fan bo'lsa. Ikkinchi nuqtai nazarga asosan esa; ijtimoiy falsafa bu falsafiy muammolarni ijtimoiy asoslab beruvchi ta'limot demakdir. Fikrimizcha bu ikkala nuqtai nazar ham ya'ni falsafadan jamiyatga va aksincha jamiyatdan falsafaga qarab borish g'oyalarni bir biri bilan uzviy bog'liq bo'lib bir butunning tarkibiy qismlaridir. Birinchi yo'nalishga xos-famiyatning tabiati va tuzilishi to'g'risidagi dastlabki fikrlarni qadimgi yunon faylasuflar Platon, Aristotel ta'limotlarida ular ta'limotining uneversial xarakterdagilarni e'tirof etgan holda, keyinchalik Tomas Gobbs, Jan Jak Russo, Adam Smitlarning ta'limotlarida uchratamiz. Ularning insoniyat jamiyatining tabiati, va uning tuzilishi to'g'risidagi ta'limotlari asosan uchta jihatga; Birinchi; ijtimoiy hayotning turli tomonlarining ekstensiv kengayib borishi to'g'risidagi g'oyalar, Ikkinchi; - bu jamiyat ma'naviy - siyosiy hayotini tadqiq etishga bo'lgan intilish, Va nixoyat uchinchi; - ijtimoiy hayotining mohiyatini yanada chuqurroq o'rganish asosida uning ichki sababiy bog'lanishlarini, qonuniyatlarini uyg'otuvchi sabablarini bilishga va anglashga bo'lgan intilishdir. Ijtimoiy falsafadagi ikkinchi yo'nalish jamiyat turixini falsafiy tushunish g'oyasidir. Bu yo'nalish - ya'ni tarix falsafasi yo'nalishining ildizlari ham qadimgi yunon falsafasiga borib taqaladi. Tarix fani va falsafasining asoschilari Gerodot va Fukidid, Demokrit, Platon, Aristotel va boshqa mutaffakkirlar ham jamiyat tarixi va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishga intilib jamiyat tarixida, tarixiy voqeylik bilan vaqt o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni anglashga intildilar. Bu donishmandlar jamiyatda yuz berayotgan tarixiy hodisa va jarayonlarning sabablarini asosan tabiat va kosmosga (koinot)ga bog'lab tushuntirishga intildilar. Keyinchalik Avgustin, Foma Akvinskiylarning diniy falsafiy ta'limotlarida tarixiy taraqqiyotning harakatga keltiruvchi kuchlari bu iloxiy qudrat ya'ni xudoning xudoga bo'lgan intilish ...

Joylangan
12 Mar 2024 | 01:05:57
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
51.27 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
12 Mar 2024 [ 01:05 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
51.27 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx