Mavzu: Qonunlarda ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlarning ifodalanishi Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Qonunlarda ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlarning ifodalanishi Reja: 1. Ijtimoiy taraqqiyot qonunlarining shakllanish va amal qilishi. 2. Ehtiyoj va manfaat ijtimoiy qonunlar talablarining dastlabki ifodasidir. 3. Qonunlar shakllanishida ijtimoiy manfaatlar. 4. Qonunlar umumiy manfaatlarning birligi sifatida. Ijtimoiy taraqqiyot qonunlarining shakllanish, amal qilish, namoyon bo'lish mexanizmining asosiy obyektiv omillaridan biri insonlarning ehtiyoj va manfaatlaridir. Ehtiyoj va manfaatlar qonunlarning obyektiv talabalarini subyektlar, ya'ni insonlarning o'ziga xos odati, xususiyati va motiviga aylantirish orqali, ularni hayotning obyektiv shart-sharoiti bilan bevositabog'laydi. Ehtiyoj va manfaat ijtimoiy qonunlar talablarining dastlabki ifodasidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotda ehtiyoj va manfaat tushunchalari ko'pincha aynanlashtiriladi, tenglashtiriladi. Haqiqatdan ham, ular mazmun jihatidan bir-biriga yaqin va o'zaro chambarchas bog'liqdir. Biroq ularni inson faoliyatining zanjiridagi turli bo'g'inlar sifatida farqlash zarur. Ehtiyoj-biologik va ijtimoiy tizimlarning muhim xossasi. Umuman olganda, biz ehtiyoj deganda muayyan tabiiy yoki ijtimoiy predmet, hodisaning mavjud bo'lishi, yashashi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitni tushunamiz. Har bir tizimning mavjudligi uning hayotiy ehtiyojlari qondirilayotganligidan darak beruvchi ahvoli va ko'rsatkichlarida ifodalanadi. Mavjud tizimning obyektiv zaruriy holati bilan real mavjud holati o'rtasida farq, ziddiyat paydo bo'lsagina ehtiyoj va zarurat tug'iladi. Shunday ekan, ehtiyoj muayyan tizimning shunday ichki, qonuniy ziddiyatiki, u ehtiyojning soxibi, egasi bilan muhit o'rtasidagi ziddiyatdan kelib chiqadi va oqibatda o'zining real mavjudlik holati, faoliyati uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy quvvat, energiya, axborot komponentlarini oladi. Biologik va ijtimoiy tizimlar o'zini o'rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhim bilan bo'ladigan o'zaro aloqa va munosabatlarida o'zlariga xos bo'lgan faolliklari tufayli ushbu ziddiyatlarni bartaraf etib boradi. Shuning uchun ham ijtimoiy ehtiyoj mavjud tizimning ichki ziddiyatlarni hal qilishga qaratilgan faoliyatga, harakatlarga qodirligi bilan chambarchas, bog'liqdir. Demak, ehtiyoj deganda biz muayyan ijtimoiy tizim qonunlari asosida kelib chiqadigan zaruriyatning ko'rinishi, namoyon bo'lishini, organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, millat, xalq va, umuman, jamiyatning mavjudligi va rivojlanishi uchun obyektiv ravishda zarur bo'lgan faoliyatni yuzaga chiqaruvchi ichki sababiyatni tushunamiz. Ijtimoiy hayotda ehtiyoj sub-yektning obyektiv xossasi shaklida mavjud bo'lib, uning zaruriy parametrlari, real, haqiqiy ahvoli bilan obyektiv xossasi bo'lmish ehtiyoj o'rtasida bo'lgan ziddiyat shaklida, ya'ni shu ijtimoiy hodisa mavjudligining subyektiv shart-sharoiti sifatida namoyon bo'ladi. Kishilarning yashashlari va inson sifatida kamol topishlari uchun zarur bo'lgan barcha narsalar ularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Demak, biz inson ehtiyojlari deganda, uning yashashi va faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarning ma'lum zaruriyatga aylanish shaklini tushunamiz. Bu jarayonni kuzatib borish, o'rganish va tahlil qilish uchun, avvalo, ijtimoiy subyektlarning ehtiyojlarini ko'rib chiqish kerak bo'ladi. Bizga ma'lumki, jamiyat hayoti ham biologik, ham ijtimoiy ehtiyojlarni ...

Joylangan
12 Mar 2024 | 01:05:57
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.99 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
12 Mar 2024 [ 01:05 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.99 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:09 ]
Arxiv ichida: docx