Shaxsning mohiyati va mazmuni

Shaxsning mohiyati va mazmuni

O'quvchilarga / Falsafa
Shaxsning mohiyati va mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Shaxsning mohiyati va mazmuni Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Shaxsning mohiyati va mazmuni 1. Jamiyat va shaxs munosabatlari haqidagi falsafiy fikrlar. 2. Jamiyat va shaxs orasidagi munosabatlar. Shaxsning tarixiy tiplari. 3. Shaxsning jamiyatga ta'siri. Shaxs erkinligi va mas'uliyati. 4. Mustaqillik sharoitida inson huquqlari va erkinliklari. Jamiyat va shaxs munosabatlari falsafa tarixida turlicha tahlil qilingan. Aslida jamiyat va shaxs munosabatlari odam va olam munosabatlarining bevosita davomi. Jamiyat va shaxs orasidagi munosabat murakkab xarakterga ega bo'lib, bu jarayon jamiyatning insonga va insonning jamiyatga ta'siri tarzida namoyon bo'ladi. Markcha falsafada insonning shakllanishida ijtimoiy muhit hal qiluvchi o'rin tutadi, degan qarash hukmron edi; jamiyat va inson orasidagi munosabatlar bir yo'nalishda, ya'ni jamiyatning insonga ta'siri tarzida tahlil qilingan. Hozirgi davr nafaqat jamiyatning insonga, ayni vaqtda insonning ham jamiyatga ta'sir ko'rsata olishini inobatga olishni taqozo qilmoqda. Fan va texnika yutuqlari insonlar turmush tarzining barcha jabhalariga jadallik bilan kirib borayotgan hozirgi zamon sivilizatsiyasi sharoitida yakka inson, alohida shaxs hatto insoniyat taqdirida buyuk burilishi yasashi yoki o'ta xavf solishi mumkinligi tobora ayon bo'lib bormoqda. Ana shunday sharoitda jamiyat va shaxs orasidagi munosabatlar muammosining ilmiy yechimini topish muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatning insonga ta'siri, avvalo uning shaxs bo'lib shakllanish jarayonida aks etadi. Jamiyat shaxsning shakllanishi jarayoniga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Jamiyatning shaxsga ta'siri: a) megamuhit; b) makromuhit; v) mikromuhit darajasida amalga oshadi. Megamuhit insoniyat dunyosi, davr muhitining insonga ta'siri. Makromuhit inson hayot kechirayotgan jamiyat, mamlakat. Mikromuhit insonni o'rab olgan, unga bevosita ta'sir ko'rsatadigan muhit (oila, mehnat jamoasi). Shaxsning jamiyatga ta'siri har bir tarixiy davrdagi ijtimoiy muhitda turlicha kechadi. Uning jamiyatga bevosita ta'siri mikromuhitda namoyon bo'ladi. Makro va megamuhitga ta'siri u mansub bo'lgan ijtimoiy guruh, millatning aniq bir tarixiy davrdagi egallagan mavqeiga muvofiq keladi. Shaxsning jamiyatga ta'siri, uning hayotga munosabatdagi faolligi darajasiga bog'liq. Shaxslarning muayyan tarixiy davrdagi faoliyatlari, jamiyatda tutgan o'rinlariga ko'ra: a) oddiy; b) talantli; v) buyuk; g) geniy turlarini ko'rsatish mumkin. Oddiy shaxsning jamiyatga ta'siri asosan tor doirada - mikromuhitda bevosita seziladi. Buyuk shaxslar, tarixiy zotlar, daholar o'z faoliyati bilan jamiyatga ijobiy yoki salbiy ta'sir etishi, uning hayotida chuqur iz qoldirishi mumkin. Geniylik shaxs qobiliyati va faoliyatining betakrorligida namoyon bo'ladi. Geniy ijodi va faoliyati o'ziga xosligi bilan, insoniyat jamiyati taraqqiyoti uchun alohida tarixiy ahamiyati bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy fikr sohasida buyuk shaxs tushunchasi qo'llanadi. Shaxsning buyukligi o'zi mansub bo'lgan ijtimoiy guruh, elat yoki xalqning fikr-o'yini ifodalab, ularning asosiy maqsad-muddaolarini tarixiy jarayonlarning obyektiv mantiqiy talabalariga mos amalga oshirishda hal qiluvchi ishlarni bajara olishidadir. Bunday shaxsning faoliyatida o'z xalqini baxtli-saodatli qilish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 78.66 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Falsafa
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 78.66 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga