unversiteti fakulteti guruh talabasi ning Falsafa fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Reja 1. Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo'nalishlari 2. Jamiyat falsafasi 3. Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi) 4. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari BILISh NAZARIYaSI (gnoseologiya, epistemologiya) - falsafa bo'limi bo'lib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini o'rganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hoz. zamon fanida qo'llaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h. k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon bo'ladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng manoda bo'lib, insonning jamiyatga ta'siri, tabiat hodisalarini o'zgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot - haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga o'tish bilan xarakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yani sezgi a'zolari orqali tashqi olamning miyaga ta'siri natijasida paydo bo'ladigan inikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inikos etishning boshlang'ich shaklidir. Demak, sezgi - obyektiv dunyoning subyektiv inikosi. U sezgi a'zolari orqali dunyo hodisalarini, buyumlarning xususiyat va sifatlarini ayrimayrim, bir-biri bilan bog'lanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli bo'lib, u sezgi a'zolariga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va b. ham kelib qo'shiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aqlan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani o'z xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi a'zolariga ta'sir ko'rsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida to'xtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada qilib bo'lmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur - bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi - mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida bo'lmaydi. U - amaliyotning, tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, yani bilvosita aksidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog'langan. Til bo'lmas ekan - umumlashtirish jarayoni ham bo'lmaydi. Hissiy bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda ro'y beradi. Bu shakllar tushuncha, ...

Joylangan
12 Mar 2024 | 01:05:57
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
35.89 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
12 Mar 2024 [ 01:05 ]
Bo'lim
Falsafa
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
35.89 KB
Ko'rishlar soni
138 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:05 ]
Arxiv ichida: docx