Afg'oniston Islomiy Respublikasi Reja: Geografik о'rni va chegaralari. Tabiiy sharoiti va resurslari. Tarixi. Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari. Aholisi va mehnat resurslari. Sanoati. Qishloq xo'jaligi. Transporti. Tashqi iqtisodiy aloqalari. Afg'oniston va O'zbekiston Respublikasi munosabatlari. Tayanch so'z va iboralar: kevir; voha; koriz; tabiiy gaz; neft; demografiya; tabiiy o'sish; mehnat resurslari; migratsiya; lalmi yer; intensiv xo'jalik; iqtisodiy rayon. Geografik о'rni va chegaralari. Afg'oniston Janubi-G'arbiy Osiyoning sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Janubda Pokiston bilan (2430 km), g'arbida Eron bilan (936 km), shimolda Tojikiston bilan (1206 km), Turkmaniston bilan (744 km) va O'zbekiston bilan (137 km), sharqda Xitoy bilan (76km) chegaradosh. Mamlakatning umumiy maydoni 652090 km2. Mamlakat chegarasining umumiy uzunligi 5529 km. Afg'oniston dengizga chiqish yo'liga ega emas. Eng yaqin dengiz sohiligacha bo'lgan masofa 500 km bo'lib, bu Fors ko'rfazidir. Poytaxti - Qobul. Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Afg'oniston asosan tog'li mamlakat. Mamlakat maydonining 45 qismining tog' tizmalari va yassitog'liklar egallagan. Asosiy tog' zanjiri Hindiqush va uning kenglik yo'nalishi bo'yicha davomi bo'lgan tizmalar Afg'onistonning shimoliy va janubiy qismlari orasida transport, aloqalarida jiddiy to'siq hosil qildi. Hindiqushni odatda, Sharqiy va G'arbiy (Markaziy) qismga bo'linadi. Hindiqushning eng chekka sharqi Pomir bilan o'xshash, nisbatan past, tizmalar bir-biri bilan daryo vodiylari bilan ajralgan. G'arbga tomon Sharqiy Hindiqush ko'tarilib borib, meridional yo'nalishda vodiylar bilan ajralgan va tik qoyali tog' zanjirlari Afg'oniston Badaxshoni va Nuristoni deb ataladi. Sharqiy Hindiqushning asosiy cho'qqilari granitdan tarkib topgan va 600 m.dan ortadi. Aynan shu yerda Afg'onistonning eng baland cho'qqisi Naushak (7485 m) joylashgan. Mamlakatning boshqa qismlaridan farq qilib, muzliklar va doimiy qorlar 300 km2 maydonni egallaydi. Sharqiy Hindiqushda davonlar ko'p, lekin ular 400 m. balandda joylashgan. Markaziy Hindiqush Sharqiy Hindiqushdan pastda. U relyefning turli shakllari bilan farq qiladi, ular orasida keskin ko'tarilgan, qirrali, alp tipidagi tog'lar bilan birga o'rtacha balandlikdagi tog'lar ham uchraydi. Daryo vodiylari uchun keng uzunasiga cho'zilgan va ko'ndalang uchastkalarning almashinib kelishi xosdir. Davonlar dengiz sathidan 300 m. balandlikda bo'lib, yil bo'yi bu yerdan o'tish mumkin, lekin qishda qorlardan yo'llar to'silib avtomashinalar uchun yo'l yopiladi. G'arbga tomon Markaziy Hindiqush Afg'onistonning markaziy qismini egallovchi o'tish qiyin bo'lgan tog' massivi Baba (5140 m) bilan almashinadi. U mamlakatning asosiy gidrologik tuguni hisoblanadi. Eron chegarasiga yaqin tizmalar sezilarli darajada pasayadi. Shimolga tomon Hindiqush tog' tizmasi o'rtacha balandlikdagi tizmalar zanjiri bilan chegaralangan. Sekin-asta Baxtriya tekisligi boshlanadi (Janubiy Turkiston yoki Afg'oniston-Turkistoni). Tekislikning tog'lar bilan tutashgan qismi lyos yotqiziqlari bilan qoplangan Amudaryoga yaqin qumliklar bilan almashinadi. Tekislikning balandligi 600 metrdan Amudryo yaqinida 250 m gacha yetadi. Shimoliy Afg'oniston tog' tizmasidan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
505.96 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
505.96 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: doc