Afg'oniston Respublikasi

Afg'oniston Respublikasi

O'quvchilarga / Geografiya
Afg'oniston Respublikasi - rasmi

Material tavsifi

Afg'oniston Respublikasi Afg'oniston Afg'oniston Islom Davlati - janubiy-g'arbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik o'rniga binoan O'rta Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Maydoni 652,2 ming km2. Aholisi 25 mln. 782 ming kishi (200). Poytaxti - Qobul shahri Afg'oniston ma'muriy-hududiy tuzilishiga ko'ra 31 viloyatga bo'linadi. Eron, Pokiston,Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston bilan chegaradosh. Afg'oniston bilan O'zbekiston o'rtasidagi chegaraning uzunligi - 137 km. Tabiati Afg'oniston hududining 45 qismini tog'lar va yassitog'liklar egallagan. Shim.-g'arbida Paropamiz, Safedko'h, Bandi Turkiston, shim.-sharqida Hindikush tog'i tizmalari asosan kenglik bo'ylab yo'nalgan. Markazining asosiy qismini Hazorajat va G'azni-Qandahor yassitog'liklari egallagan bo'lib, ularga g'arb. va jan. tomonlardan boshqa tog'liklarning tizmalari qo'shilib ketgan (Bandi Bayon, Chixilabadalon, Zang tizmasi, Ko'hi Xurd, Mazor va b.). Hirot va Bomiyon viloyatlarida ma'danli suv buloqlari ochilgan. Afg'oniston hududining katta qismi quruq subtropik iqlim mintaqasida joylashgan bo'lib, iqlimi kontinental. Yozi issiq va quruq (iyulning o'rtacha temperaturasi tekisliklarda 32ye -35°, tog'larda 10ye - 14ye), kishi iliq, tog'larda sovuq (yanvar ning o'rtacha temperaturasi tekisliklarda 0ye dan 8° gacha; -30ye sovuqlar ham kuzatiladi, tog'larda 0° dan past, ayozli kunlar ko'p bo'ladi). Yillik yog'in miqdori shim. hududlarda 170 - 280 mm, cho'l hududlarida 40 - 50 mm, tog' yon bag'irlarida 800 mm gacha boradi. Xo'jaligi Afg'oniston - Agrar mamlakat. Uning xo'jaligi ko'p ukladli. Mamlakatning shim. viloyatlarida, Kobul atroflarida hamda Qandahor va Hirot viloyatlarida kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari bir oz rivojlangan. Afg'oniston iqtisodiy jihatdan dunyoda eng qoloq va kambag'al mamlakatlarning biridir. Yalpi milliy mahsulotning 45 qismi qishloq xo'jaligida yaratiladi. Afg'oniston iqtisodiyotining asosini sug'orma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi tashkil etadi. Sug'orma dehqonchilik Qunduz, Ko'kcha, Balx, Daryoyi-Safed, Murg'ob daryolarining vodiylarida rivojlangan bo'lib, u yerlarda bug'doy, arpa, sholi, jo'xori, paxta, kunjut, qand lavlagi yetishtiriladi. Nangarhar viloyatida sholi, jo'xori bilan bir qatorda shakarqamish, sitrus mevalari ham yetishtiriladi. Bog' va tokzorlarning asosiy qismi Qobul, Hirot, Argandab hamda shim. va g'arbiy viloyatlardagi daryo vodiylariga to'g'ri keladi. Sabzavotchilik va polizchilik keng tarqalgan. Mamlakatda qishloq xo'jaligiga yaroqli 17 mln. gektar yer bo'lib, uning 8 mln. gektari haydaladigan yerlardir. Sugorma yerlar 2,5 mln. gektarni tashkil etadi. G'allaning yalpi hosili 4 - 5 mln. tonna bo'lib, uning deyarli yarmi bug'doy, 16 qismi - arpa. Paxta (yiliga 200 ming t), sabzavot va poliz ekinlari (yiliga 200 ming t), uzum (yiliga 500 ming t), meva, zaytun (yiliga 150 ming t) yetishtiriladi. Chorvachilikda qo'ychilik asosiy o'rin egallaydi. Qo'ylarning 14 qismi qorako'l qo'ylaridan iborat. Echkichilik, yilqichilik, tuyachilik ham rivojlangan. Parrandachilik xam mavjud. Sugorma dehqonchilik hududlarida pillachilik rivojlangan. Mamlakatda 3 mln.ga yaqin kishi ko'chmanchilik bilan turmush ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 382.53 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 382.53 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga