6-sinf geografiya darsligi asosida 22-mavzu: Afrikaning yerusti va yerosti suvlari uning ichki suvlarini tashkil etadi. Ularni havzalar bo'yicha o'rganib chiqamiz. Bular Atlantika va Hind okeani havzalari hamda berk havzalardir. Afrikaning yerusti suvlari daryolar, ko'llar, suv omborlari, kanallardan iborat. Nil - dunyodagi eng uzun (6 671 km) daryolardan biri. U Sharqiy Afrika yassitog'ligidan boshlanadigan Oq Nil bilan Efiopiya tog'ligidan boshlanadigan Ko'k Nil irmoqlarining qo'- shilishidan Nil nomini oladi. Uning irmog'i Kagera 3° j. k. (janubiy kenglik) dan boshlanib, Viktoriya ko'liga quyiladi. Oq Nil shu ko'ldan oqib chiqadi. Nil daryosi O'rta dengizga quyilish joyida katta delta hosil qiladi. Vatandoshimiz al-Farg'oniy (IX asr) birinchi bo'lib Nil daryosi misolida suv sarfini o'lchaydigan nilometr qurilmasini bunyod etgan. Kongo (Zair) uzunligiga (4 320 km) ko'ra Afrikada ikkinchi, lekin sersuvligi (1 414 kub km) va havzasining maydoniga (3 691 ming kv km) ko'ra birinchi, dunyoda esa Amazonka daryosidan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Kongo (Zair) Amazonka daryosi Uning Lukuga irmog'i Panganika ko'lidan boshlanadi. Daryoning suv sarfi yil davomida deyarli o'zgarmaydi. Bunga sabab yillik yog'inlarning bir me'yorda yog'ishidir. Kongo quyi va yuqori oqimida ko'plab ostonalar va sharsharalar hosil qilgan. Jumladan, quyi oqimida Livingston sharsharalar guruhi mavjud. O'rta oqimida ekvatorni ikki marta kesib o'tadi. U Nil daryosidan farq qilib, delta hosil qilmaydi. Niger uzunligiga va havzasining maydoniga ko'ra Afrikaning uchinchi daryosi. Yuqori va quyi oqimlarida ostonalar va sharsharalar ko'p. O'rta oqimida Sahroyi Kabirga tutash tekis va botiq relyefli cho'l zonasidan oqib o'tadi. Oranj daryosi Afrikaning janubida joylashgan. U sharqda Drakon tog'laridan boshlanib, g'arbda Atlantika okeaniga quyiladi. Afrikaning Zambezi, Limpopo, Rufiji, Pana, Jubba, UabiShebelle va boshqa ko'plab kichik daryolari Hind okeani havzasidan o'rin olgan. Bulardan eng yirigi Zambezi daryosidir (uzunligi 2 660 km). Daryoda ko'plab ostonalar va sharsharalar hosil bo'lgan. Quyi oqimida delta tarkib topgan va kemalar qatnaydi. Daryodagi Viktoriya sharsharasi keng (1 800 m) suv oqimini hosil qilib, 120 m balandlikdan tor daraga oqib tushadi. Bu dunyodagi eng yirik va go'zal manzarali sharsharalardan hisoblanadi. Berk havzada joylashgan Shari daryosi Chad ko'liga quyiladi. Afrikaning barcha yirik daryolarida baliqlar mo'l. Viktoriya, Tanganika, Nyasa ko'llari asosiy ko'llardir. Viktoriya tektonik botiqda, qolgan ikkitasi Afrika yer yorig'ida joylashgan. Barchasi oqar ko'llardir. Chad, Rudolf, Rukva oqmas ko'llar guruhiga kiradi. Chad ko'liga yog'ingarchilik paytida daryolar ko'p suv keltiradi. Bu paytda ko'l maydoni ikki baravar kengayadi. Yerosti suvlari Afrikaning qurg'oqchil hududlarida yagona suv manbayi hisoblanadi. Sahroyi Kabir, Namib, Kalaxari va Somali cho'llarida yerosti suvlari topilgan. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
784.43 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
784.43 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: ppt