Afrika mamlakatlari: xo'jaligi, iqtisodiy rayonlari 9-sing Geografiya darsligi asosida 57 § - mavzu Reja: Afrika mamlakatlari Shimoliy Afrikaning umumiy maydoni Afrika aholisining soni Qishloq xo'jaligi Qayta ishlovchi sanoat JAR, Misr, Jazoir, Nigeriya, Marokash, Liviya hamda Zimbabve, Tunis, KDR, Keniya mamlakatlarida yaxshi rivojlangan. Aynan shu mamlakatlar elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha ham Afrikada yetakchi o'rinlarni egallaydi. O'simlik yakkahokimligi - bu nafaqat tabiiy-geografik, balki tarixiy, ijtimoiy hodisadir. Shunday ixtisoslashuv mustamlaka davridan qolgan «meros»dir. Tadqiqotchilar ichida Afrikani ikki: Shimoliy Afrika va Tropik Afrika subregionlariga bo'lish keng tarqalgan. Shimoliy Afrika Tropik Afrika Shimoliy Afrikaning umumiy maydoni 955,2 ming km2, aholisining soni 216,0 mln. kishi, shu jumladan, shahar aholisining soni 102,8 mln. kishi, ulushi 47,5 % (2013-y.). Shimoliy Afrika Shimoliy chegarasini O'rta dengiz suvlari yuvib turadi, janubiy chegarasi shartli ravishda Sahroyi Kabirning markaziy va janubiy qismlaridan o'tadi. Aholisining soni o'rtacha yiliga 2,1-2,2 % ga o'smoqda. Xo'jaligining asosini tog'-kon sanoati tashkil etadi. Jazoir, Liviya va Misrda neft va gaz qazib olish, qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlangan bo'lib, u tovar ahamiyatiga ega. Qora metallurgiya sanoati Misr (Xeluan) va Jazoir (Annaba)da, rangli metallurgiya Jazoir, Misr, Marokashda, mashinasozlik mamlakatlarning poytaxtlari hamda katta shaharlarida rivojlangan. Qishloq xo'jaligi, avvalambor, dehqonchilik, qulay tabiiy sharoit va suv resurslari bilan bog'liq holda rivojlangan. Asosiy shaharlari va sanoat markazlari kabi dehqonchilik makonlari O'rta dengiz hamda Atlantika okeani sohillariga yaqin hududlarda va Nil vodiysida joylashgan. Sug'orma dehqonchilik Nil vodiysida (Misr) rivojlangan bo'lib, u ingichka tolali paxta, shakarqamish hamda boshqa ekinlarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlari: neft va neft mahsulotlari, tabiiy gaz, fosforitlar, rangli metallar, paxta, sitrus mevalari, xurmo, oziq-ovqat mahsulotlari. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.29 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.29 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: pptx