6-sinf geografiya darsligi asosida 19-mavzu: Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi Geologik tuzilishi. Afrika - qadimgi Gondvana quruqligining bir bo'lagi. 180 mln yil muqaddam Arabiston yarimoroli bilan birga yaxlit platformani hosil qilgan. Alp tog' burmalanishi davrida Qizil dengiz o'rni ochilgan. Natijada Arabiston yarimoroli Yevrosiyoga tutashib ketgan. Afrika materigi, asosan, qadimgi platforma ustida joylashgan bo'lib, ko'proq tekislik va yassi tog'liklardan iborat. Seysmik hududlar nisbatan kam. Chekka shimoli g'arbida Yevrosiyo plitasi bilan to'qnashgan chegarada balandligi 4 165 m ga yetadigan Atlas burmali tog' tizmasi ko'tarilgan. Quruqlikdagi eng yirik Sharqiy Afrika yer yorig'i 6 500 km masofaga cho'zilgan bo'lib, Akoba qo'ltig'idan Zambezi daryosining quyi oqimigacha davom etadi. Olimlarning bashoratiga ko'ra, kelajakda Buyuk Afrika yer yorig'idan sharqdagi hududlar materik oroli tariqasida (Madagaskar oroli singari) Afrikadan ajralib ketadi. Bu zonada Yer po'sti serharakat bo'lib, unga harakatdagi vulqonlar (Kilimanjaro, Karisimbi) va zilzilalar xos. Sharqiy Afrika yassi tog'ligi palaxsalanib ko'tarilgan gorst va grabenlardan iborat. Chuqur ko'llar grabenlarda tarkib topgan. Tog'lar, platolar magmatik va metamorfik jinslaridan tuzilgan. Botiqlar, cho'kmalar, pasttekislik va tekisliklar cho'kindi jinslar bilan qoplangan. Foydali qazilmalari. Afrika turli xil qimmatbaho tabiiy boyliklarni o'z zaminida asrab yotgan ulkan xazinadir. Afrikada magmatik jinslarning keng tarqalishi rudali foydali qazilmalarning ko'plab tarkib topishiga sabab bo'lgan. Afrika olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o'rinda turadi. Qadimgi kristall jinslar temir rudasi, xrom, mis, rux, qalay, uran rudasi, oltin va qimmatbaho toshlarga boy. Mashhur mis mintaqasi Zambiya va Kongo Demokratik Respublikasi chegara zonasida joylashgan. Materikning botiq, cho'kindi jinslar to'plangan joylarida toshko'mir, neft, tabiiy gaz, marganes rudalari, tuzlar, fosforitlar keng tarqalgan (ilovadagi 24- rasmga qarang). Relyefi. Afrika hududi relyef xususiyatiga ko'ra ikki qismga bo'linadi. Mutlaq balandligi 1 00 metrgacha bo'lgan tekislik, plato va tog'liklardan tashkil topgan past Afrika Shimoliy va G'arbiy Afrikani o'z ichiga oladi. Baland Afrika Sharqiy va Janubiy Afrikani egallagan. Past va baland Afrika o'rtasidagi chegara Angola-Efiopiya yo'nalishidan o'tadi (24- rasm, ilovaga qarang). Past Afrikada qumli past-balandliklar ko'p bo'lgan Sahroyi Kabir, tekis va botqoqli Kongo botig'i, plato va tog'lik (Darfur, Axaggar, Tibesti va boshqa)lar asosiy relyef shakllaridir. Sahroyi Kabirdan shimoli g'arbida Atlas tog'lari joylashgan. Atlas tog'lari Uning eng baland joyi Òubkal cho'qqisidir (4 165 m). Baland Afrikada Efiopiya tog'ligi, Sharqiy Afrika yassi tog'ligi va Janubiy Afrika yassi tog'lari joylashgan. Bu yerda ham tog' oralig'idagi (Viktoriya, Kalaxari) va Sharqiy Afrika yer yorig'i o'tgan zonadagi chuqur cho'kmalar bor. Sharqiy Afrika yassi tog'ligida Kilimanjaro (5 895 m), Keniya (5 199 m), Margerita (5 109 m) va boshqa tog' cho'qqilari mavjud. Sharqiy Afrika tog'ligidan shimol tomonda Efiopiya ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.57 MB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.57 MB
Ko'rishlar soni
133 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: ppt