Afrika materigining iqlimi va ichki suvlari

Afrika materigining iqlimi va ichki suvlari

O'quvchilarga / Geografiya
Afrika materigining iqlimi va ichki suvlari - rasmi

Material tavsifi

Afrika materigining iqlimi va ichki suvlari Reja: 1. Iqlimi va uning hosil bo'lishi 2. Iqlim mintaqalari 3. Ichki suvlari Cho'llar umumiy materik maydonining deyarli yarimini egalaydi, shunga asoslanib, Afrikani cho'llar o'lkasi deb to'g'ri aytishadi. Kontinental tropik havoning doimo mavjudligi, havoning ham quruqligi va ayniqsa yoz oylarida haroratning yuqori ekanligi Afrika uchun xarakterlidir. Nil asosan uchta daryo - Ko'k Nil bilan Atbara (84%) va qisman Oq Nil(16%) daryolardan suv oladi. Afrika iqlimi uning avvalo tropik kengliklarda joylashganligiga. Asosan, yalpi quyosh radiatsiyasining ko'pligiga (yiliga 180-200 kkalsm) bog'liq. Shunga ko'ra, Afrikaning ko'pchilik qismida harorat yuqori bo'ladi va Afrika eng issiq materik hisoblanadi. Afrika kengliklarda okean ustida passat shamollar ko'proq esadi, lekin passat shamollari materik ustiga kelganda mavsumiy harorat o'zgrishiga uchraydi va ekvatorial musson shamollari bilan almashinadi. Ikkala yarim shardagi qishki musson passatga mos keladi va kontinental havoni ekvatorga eltadi. Yozda ikkala yarim sharga ekvatordan nam musson qaytib keladi. Gvineya ko'ltig'ining soxilida, ekvatolardan birmuncha shimol tomondagina yil bo'yi okeandan janubi - g'arbiy shamollar esadi, janubiy yarim shar passatlari sifatida kelib chiqadigan bu shamollar quruqlik ustidagi past bosimli oblastga kiradi. Ekvatordan kelgan kuchli havo oqimi qizigan quruqlik ustiga kelib, pastki qatlamlarda tropik kontinental havodan salqinroq bo'ladi va uning ostidan esib tropik kontnental havoni yuqoriga ko'tarib chiqadi va shu tarika kuchli konvektiv jalalarni quyishiga sabab bo'ladi. Ekvatorial havo iyun va iyulda shimolga suriladi, avgust va sentyabrda esa kontinental tropik havoning tazyiqi ostida janubga chekinadi. Tekisliklarda ekvatorial havoning qalinligi 100 - 1600 m bo'lgan qismida yog'in sochin tushadi. Tropik iqlim mintaqasiga yaqinlashgan sari sernam mavsum kamroq davom etadi va yillik yog'in- sochin tushadi. Tog'larning shamolga o'ng yon bag'irlarida yog'in- sochin ko'p bo'ladi, shuning uchun Gvineya soxilida yiliga 300 mm dan oshiqroq yog'in yog'adi. Afrika sharqiy soxilining iqlimiga Osiyo bilan Hind okeani juda katta taosir ko'rsatadi. Shimoliy yarim shar qishida materikning shimoliy qismi janubiy qismiga nisbatan bir muncha soviydi. Afrikaning shimoliy soxili bo'ylab 120S izoterma o'tadi. Berk Kalaxari botig'ida harorat 250S gacha ko'tariladi va undan ham oshadi. Kongo botig'ida va Gvineya ko'ltigi soxilida termik ekvator mintaqasida harorat yil bo'yi 25 - 260S atrofida turadi. Okeanlar ustidagi doimiy baland atmosfera bosimi markazlari Azon, Janubiy Atlantika va Janubiy Hindiston markazlari janubga suriladi. Azon maksimumining bir tarmog'i sovigan Saxroi Kabir ustiga kirib boradi, sharqda Arabiston bosim maksimumiga qo'shilib ketadi. Janubiy Afrikada, Kalaxarida esa, aksincha, maxaliy (kichik) bosim minimum tarkib topadi. Shunga ko'ra butun Afrika uchun shimoliy yarim shar qishida havo massalarining materik shimolidan janubiy qismiga o'tishi asosiy tsirkulyatsion jarayon bo'lib qoladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.58 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.58 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga