Afrika qit'asi

Afrika qit'asi

O'quvchilarga / Geografiya
Afrika qit'asi - rasmi

Material tavsifi

Afrika qit'asi Reja: Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi. Siyosiy xaritasi. Xo'jaligi: A) Sanoati. B) Kishloq xo'jaligi V) Transporti Tashqi iqtisodiy aloqalari. Maydoni-30,3 mln km2 Aholisi- 885 mln. kishi (2003) Dunyodagi hech qaysi materik Afrikachalik jafo chekkan emas. XX asr boshiga kelib butun Afrika mustamlaka materigiga aylandi va bu hol ko'p jihatdan uning qoloq bo'lib qolishini belgiladi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng mustamlakachilik tuzumi tugatila bordi. Endilikda materikning siyosiy xaritasida 60 ga yaqin mamlakat bor. 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Afrika hududi shimoldan janubga 8 ming km ga, g'arbdan sharqqa tomon esa eng ko'pi bilan 7,5 ming kmga cho'zilgan. Afrika mamlakatlarining iqtisodiy geografik o'rniga G'arbiy Yevropaga yaqin joylashganligi hal qiluvchi ta'sir ko'rsatgan. Bu Shimoliy Afrika mamlakatlariga taalluqlidir. Shimoliy Afrika mamlakatlari Atlantika okeani, O'rta dengiz va Qizil dengizga tutash Yevropadan Osiyo va Avstraliyaga boradigan muhim dengiz yo'liga yaqin joylashgan. Bu mamlakatlar qadimdan O'rta dengiz orqali Yevropabilan va Janubi-G'arbiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalari qilib kelgan, bu esa shaharlarning dengiz sohilida paydo bo'lishi va rivojlanishiga olib kelgan. G'arbiy Afrika mamlakatlarining xo'jalik taraqqiyotiga ularning Atlantika okeaniga sohilida ekanligi qadimdan ta'sir etib keladi. Markaziy Afrikadagi ba'zi bir mamlakatlar (Mali, Niger, Chad) materikning ichki qismida ancha noqulay o'rinda joylashgan. Bu mamlakatlarning tashqi aloqalari qo'shni mamlakatlarning portlari va havo yo'llari orqali amalga oshiriladi. Sharqiy Afrika-mamlakatlari uchun Hind okeani orqali Osiyo bilan tashqi aloqalar qilish xo'jalikning taraqqiyoti va joylashishda muhim omildir. 2. Tabiiy sharoiti va resurslari. Hozirgi vaqtda Afrika mamlakatlari dunyoda qazib chiqariladigan marganes, xrom, platina metallarinining yarmidan ko'prog'ini, kabolt va oltinning 3|4 qismidan ko'prog'ini, beradi. Shuningdek, ko'p miqdorda boksit, fosforit, temir va mis rudalari, surma, asbest va boshqa qazilmalar bor. Dunyo bozoriga boksit, mis va kobalt yetkazib berishda Afrikaning roli ayniqsa katta. Materikdagi barcha gidroresurslarning yarmisi Kongo daryosiga to'g'ri keladi. Zambezi, Nil, Niger daryolarning ham gidroresurslari katta. Energetika xomashyosi boshqa turlarning kamligi rivojlanishiga to'sqinlik qilib keldi, yoqilg'ini chetdan keltirishga majbur etdi. Biroq 60- yillarda Shimoliy Afrikada (Jazoir va Liviya) va G'arbiy Afrikada (Nigeriya, Gabon) neft bilan gazning yangi katta zahiralari topildi. Ko'p mamlakatlarda uran topildi. Materikda iqlim sharoiti juda xilma-xil. Vegetasiya davri yil bo'yi davom etadi, bu esa qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Shu bilan birgalikda cho'l va chalacho'llarning borligi dehqonchilikni rivojlantirishni cheklab qo'yadi, yer fondini qisqartiradi. Yer sharidagi eng katta cho'l- Sahroi-Kabir cho'li Afrika materigining 1|4 qismini ishg'ol qilgan. Sahroi Kabirdan janubda chalacho'l va chala savannalar (Saxel) zonasida ko'pincha qurg'oqchilik bir necha yil davom etadi, shundan so'ng sharros yomg'irlar yog'ib, tuproqni yuvib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.07 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.07 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga