Afrika shakllanish tarixi, relyefi va foydali qazilmalari

Afrika shakllanish tarixi, relyefi va foydali qazilmalari

O'quvchilarga / Geografiya
Afrika shakllanish tarixi, relyefi va foydali qazilmalari - rasmi

Material tavsifi

Afrika shakllanish tarixi, relyefi va foydali qazilmalari Reja: 1. Geografik o'rni. 2. Shakllanish tarixi. 3. Relyefi. 4. Foydali qazilmalari. Shimoliy chekka nuqtasi -Elp-Aboyad burni -37020' sh.k. Janubiy chekka nuqtasi -Igna burni -34052' j.k. Sharqiy chekka nuqtasi -Ras Xafun burni -51029' shq.u. G'arbiy chekka nuqtasi -Alpmadi burni -17032' g'.u. Afrika juda kata tekisliklar va yassi tog'liklar materigidir. Turli tektonik-litologik sharoitda relyefning rivojlanishi uni quyidagi morfologik struktura oblastlari ajratishga imkon beradi: I-Atlas tog'lari; II-Platformali Afrika oblastlari gruppasi: II.1- Sahroi Kabir-Sudan tekisliklari va platolari; II.2- Shimoliy Gvineya qirlari; II.3- Kongo botig'i; II.4- Kalaxari botig'i; II.5- Madagaskar oroli; II.6- Kap tog'lari; II - Sharqiy Afrika oblastlari: II.1- Xabashiston tog'ligi; II.2- Sharqiy Afrika yassi tog'ligi. Afrika materigining maydoni 30 mln. km.kv. Dengiz sathidan o'rtacha balandligi 750 metr. Eng baland nuqtasi Kilimanjaro vulqoni - 5895 metr. Eng past botiq Assalp ko'li - 153 m. Shimoliy chekka nuqtasi -Elp-Aboyad burni -37020' sh.k. Janubiy chekka nuqtasi -Igna burni -34052' j.k. Sharqiy chekka nuqtasi -Ras Xafun burni -51029' shq.u. G'arbiy chekka nuqtasi -Alpmadi burni -17032' g'.u. Afrikaning geologik tuzilishi monolit bo'lib, murakkab emas. Butun materik deyarli to kembriy davri yaratmasidan iborat. Materikning asosiy qismi platformadan iborat. Afrika platformasi sinekliza va antiklizalar bilan murakkablashgan. Karru, Kalaxari, Kongo, Chad, Aravan-Taudeni va Liviya-Misr sineklizalari eng yirik sineklizalardir. Karrudan boshqa sineklizalar cho'kmalarda joylashgan. Cho'kmalar anteklizalar bilan ajratilib turadi. Afrika relyefining asosiy formalari ham aynan shu elementlardan kelib chiqadi. Materikning sharqiy chekkasidan Sharqiy Afrika razlomlari o'tadi. Afrikaning 23 qismi quruqlik va dengiz cho'kindi yotqiziqlari bilan qoplangan. Bu yotqiziqlar Sa'hroi Kabir va Sudanda ko'p tarqalgan. Shuning uchun Afrika platformasining Sa'hroi Kabir-Sudan hududlarini Sa'hroi Kabir-Arabiston plitasi deb yuritish mumkin. Platformaning Ekvatorial va Janubiy Afrikadan boshqa katta hududi Janubiy Afrika qalqonidan iborat. Eng qadimgi burmalar Janubiy Afrika qalqonini biriktirgandan so'ng uzoq vaqt ko'tarilib turgan va keyinchalik peneplenlashib bukilmalarda 10 km qalinlikda kontinental yotqiziqlar to'plangan. Bu yotqiziqlar qo'shilib Kap, Karu, Kalaxari sistemalarini vujudga keltirgan. Permp davrida Afrika platformasining sharqiy chekkasi uzunasiga yorilgan va Madagaskar ajralib chiqqan. Mezozoyda transgressiya ro'y berib materikning sharqiy va janubiy qismlari Somali yarim oroli, Habashiston tog'ligi, Kap tog'lari suv ostida qolgan. Yurada va Bo'r davrida materikning katta joylari yorilgan va cho'kkan, Atlantikaning botiqlari yuzaga kela boshlagan. Paleozoyning oxiriga kelib Sa'hroi Kabir-Arabiston plitasi ancha harakatda bo'lgan, natijada mezozoyda bir necha marta suv ostida qolgan. Gersin burmalanishi kuchli ro'y bergan va dunyodagi eng yirik sineklizalardan biri Aravan-Taudeni shakllangan, Ragibat qalqoni va Axaggar tog'ligi ham ko'tarilib qolgan. Paleozoyning oxiri Bo'r davridan boshlab Saxroi Kabir-Arabiston plitasi yemirila boshlagan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.82 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 17:23 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Geografiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.82 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga