Afrika subregionlari 10-sing Geografiya darsligi asosida 26 § - mavzu Reja: 2 3 4 Afrika subregionlari 1 Shimoliy Afrika Janubiy Afrika G'arbiy Afrika Afrika subregionlari Shimoliy Afrika G'arbiy Afrika Markaziy Afrika Sharqiy Afrika Janubiy Afrika Afrika tabiiy resurslarga boy bo'lishiga qaramay, mavjud siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolar natijasida rivojlanish darajasi past bo'lgan ko'p davlatlar jam bo'lgan qit'a hamdir. Umumiy maydoni - 30,3 mln km² dan ortiq bo'lgan ushbu qit'ada 62 ta davlat joylashgan. Ularning 54 tasi mustaqil davlatlardan iborat. Qit'ada 10 ta orol, 15 ta quruqlik ichkarisidagi, 37 tasi dengiz chegaralariga ega. Shimoliy Afrika Shimoliy Afrika O'rta va Qizil dengizlar, Atlantika okeaniga chiqa olish imkoniyati mavjud bo'lgan sababli qadimdan Yevropahamda G'arbiy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni yo'lga qo'ygan edi. Hududining katta qismi subtropik mintaqaga to'g'ri kelganligi davlatlarning paxta, zaytun, uzum, sitrus mevalar yetishtirishga ixtisoslashishga sabab bo'lgan. Sanoat tarmoqlari rivojlanishi esa, birinchi navbatda mineral xomashyolarni qazib olish (neft, tabiiy gaz, fosforit, temir rudasi) hamda qayta ishlash bilan bog'liq. G'arbiy Afrika Sahroyi Kabir va Gvineya qo'ltiqlari oralig'ida joylashgan bo'lib, hududi tropik cho'llar, savanna, hamda nam ekvatorial mintaqaga to'g'ri keladi. Ushbu subregionda Afrikaning aholi soni jihatidan yetakchi davlati - Nigeriya joylashgan. Aholisining milliy tarkibi ancha murakkab. Mustamlakachilik davrida qulchilik eng avj olgan mintaqa hisoblanadi. Markaziy Afrika mamlakatlari materikning markaziy qismida, nam ekvatorial o'rmonlar hamda savanna mintaqalarida joylashgan. Markaziy Afrika ishlov berilmagan olmos, mis, kobalt, marganes, qalay, neft kabi mineral resurslarning asosiy qismini jahonning turli davlatlariga eksport qiladi. Sharqiy Afrika uchun, asosan, subekvatorial va tropik iqlim xosdir. U Hind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega bo'lganligi sababli, qadimdan Hindiston va turli arab davlatlari bilan savdo aloqalarini o'rnatib kelgan. Janubiy Afrika - Yevropa, Osiyo, Amerika qit'alaridan ancha uzoqda joylashgan bo'lsada, qulay transport-geografik o'ringa ega. Uning qirg'oqlaridan muhim dengiz yo'li yo'nalishlari o'tadi. Afrika katta miqdorda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy resurs imkoniyatlariga ega. Lekin, mintaqa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi pastligi, aholisining milliy va diniy tarkibidagi o'ziga xosliklar. ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.81 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.81 MB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: pptx