Agrogeografik tadqiqotlar Qishloq xo'jaligi jamiyat rivojlanishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining dastlabki shakllaridandir, shuning uchun bo'lsa kerak, Yer yuzidagi eng qadimiy madaniyat o'choqlari (Nil daryosining quyi qismi, Mesopotamiya, Hind - Gang pasttekisligi, Xuanxe vodiysi, Movarounnahr va boshqalar) sug'orma dehqonchiligi bilan bog'liq bo'lgan. Xo'jalikning bu turi esa o'z navbatida jamiyat taraqqiyoti, aniq fanlar rivojiga katta ta'sir ko'rsatgan. Avvallari dehqonchilik mashg'uloti bevosita quruq iqlimli mintaqalardagi daryolar va ularning faoliyati asosida olib borilgan. Bunga Nil daryosi yaqqol misol bo'la oladi.Gerodot «Misr - Nil daryosining tuhfasi, sovg'asi» deb aytgan. Chindan ham yer sharidagi eng uzun bo'lgan bu daryo o'zining bor kuchini, tabiiy qudratini o'zining serhosil allyuvial yotqiziqlari bilan vujudga keltirgan deltasida namoyon qilgan. Bu esa dehqonchilikni rivojlantirishga qulay imkoniyatlar yaratgan. Xuddi shunga muvofiq biz «Xorazm Amu yoki Oks daryosining sovg'asi, natijasidir», deb ta'riflashimiz mumkin. Bu qadimiy o'lkada dastlabki sug'orish inshootlarining joriy etilishi, aniq fanlarning rivojlanish boisi ham shunda bo'lsa ajab emas. Qishloq xo'jaligini o'rganish iqtisodiy geografiyaning to'ng'ich yo'nalishidir. Shu bois ko'pgina mamlakatlarda, jumladan, O'zbekistonda ham iqtisodiy geografiyaga oid tadqiqotlar tarixi qishloq xo'jaligini o'rganishdan boshlanadi. Iqtisodiyotning sohasi - qishloq xo'jaligi xos rivojlanish va hududiy tashkil etish xususiyatlariga ega. Ular quyidagilar: 1. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish jarayonining mavsumiyligi, uning rivojlanish va joylanishiga, eng avvalo, tabiiy (agroiqlimiy,tuproq va h.k.) sharoitlarning kuchli ta'sir etishi: 2. Qishloq xo'jaligi iqtisodiy samaradorligining sanoatga nisbatan ancha pastligi, mehnat va ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning uncha unumli emasligi: 3. Mazkur tarmoqning hududiy tashkil etish shakli xaritada areal ko'rinishda bo'lib, unda yer asosiy ishlab chiqarish vositasi bo'lib xizmat qilishi (sanoatda esa bu omil - hudud, korxonalarni joylashtirishdagi asosdir, xolos): 4. Sanoat ishlab chiqarishida uning tarmoqlari hududiy jihatdan tashkil qilinsa, qishloq yerning o'zi turli tarmoqlar uchun tashkil etiladi: 5. Geografiyaning tadqiqot obyektlari orasida qishloq xo'jaligini kartaga tushirish, kartalashtirish imkoniyatlari juda keng. Binobarin, ushbu soha kartada sanoat yoki shaharlar singari yaqqol ko'zga tashlanmasada, u ularga ko'ra geografiyroq va hududiyroqdir: 6. Qishloq xo'jaligida rayonlashtirish ko'proq hududni rayonlashtirish bilan bog'liq bo'lib, u mamlakat maydonining deyarli barcha qismlarini qamrab oladi. Shu bilan birga rayonlashtirish faqat hudud va qishloq xo'jaligining u yoki bu sohasiga ixtisoslashuvigagina emas, balki urug'chilik va meva navlarini o'rinlashtirishga nisbatan ham amalga oshiriladi (ya'ni ular joyning tuproq - iqlim, yer - suv va boshqa sharoitlarini hisobga olib ekiladi, o'stiriladi): 7. Agrar sohada ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etilishdagi shakllar, ayniqsa, hududiy mujassamlashuv va kombinatlash nisbatan kam rivojlangan: 8. Mulkchilikning turli shakllari ko'p ukladli iqtisodiyot qishloq xo'jaligida kengroq tarqalgan, bu sohani xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish imkoniyatlari ham o'ziga xos. Yuqorida keltirilgan ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.86 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.86 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: doc