Agrosanoat integratsiyasining asosiy ishlab chiqarish bosqichlari va ularni rivojlantirish masalalari Agrosanoat majmuasi (ASM)ni rivojlantirish va takomillashtirish masalalarini hal qilish mustaqil Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohatlarning ikkinchi bosqichiga to'g'ri keladi. Bu bosqichning asosiy strategik yo'nalishlari esa Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan. «To'rtinchi strategik vazifa - deb ko'rsatadi Islom Karimov - Iqtisodiyotimiz tuzilishini tubdan o'zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o'tish, uning sifatini va raqobatga bardoshliligini jahon bozori talablari darajasiga yetkazishdan iborat». Agrosanoat integratsiyasi (ASI)ning hamma formalarida kechiriladigan bosqichlar (uning alohida olingan elementlari) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, qishloq xo'jalik regioni bo'lib hisoblangan Surxondaryo viloyati iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida ham agrosanoat majmuasi munosib o'rin tutadi. ASM - ning rivojlanish darajasi esa ko'p jihatdan viloyatda shakllangan va rivojlanishining turli bosqichlarini boshidan kechirayotgan ASI ning ish faoliyatiga bog'liq. Masalan, paxtachilikda uni birlamchi qayta ishlash jarayoni (ya'ni yalpi paxta hosilidan paxta tolasi ishlab chiqarish)siz ko'zlangan narsaga erishib bo'lmaydi, balki paxtani birlamchi qayta ishlash paxta yalpi hosilidan pirovard mahsulot ishlab chiqarish uchun muhim iqtisodiy omil bo'lib hisoblanadi. Huddi shunda, ASI ning yaxshi shakllanmagan (yoki mutloqo tashkil topmagan) bosqichlari paxtachilikda toladan gazlama, gazlamadan kiyim-kechak ishlab chiqarish yoki uzumchilikda ikkilamchi qayta ishlash orqali spirtli ichimliklar olish va boshqalar maxsus ishlab chiqarish jarayoni bo'lib, ularning to'la rivojlantirilishi ASM ning shakllantirish bilan teng ahamiyatlidir. Shuning uchun ham ASI formalarida ishtirok etadigan har bir bosqich (integratsiya elementi) muhim iqtisodiy omil bo'lib hisoblanadi. Viloyat ASM larining tahlili shuni ko'rsatadiki, ularning rivojlanish holati turli bosqichlarni boshidan kechirmoqda. Masalan, paxtachilik agrosanoat majmui (PASM)ni olaylik, uning bosqichlari: - paxta yetishtirish va yetishtirilgan paxtani yig'ib-terib olish; - paxta yalpi hosilini paxta punktlarida saqlash; - uni birlamchi qayta ishlash (ya'ni paxta yalpi hosilidan paxta tolasini ajratib olish); - ikkilamchi qayta ishlash (paxta tolasidan ip va ip-gazlama ishlab chiqarish); - uchlamchi qayta ishlash (tayyor gazlamadan kiyim-kechak va boshqa trikotaj buyumlari ishlab chiqarish). PASM da qayd qilingan paxta yetishtirish va uni qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan jarayon nazariy jihatdan uning to'la shakllangan formasini tashkil qiladi. Biroq, Surxondaryo viloyati iqtisodiy taraqqiyotida yetakchi o'rin tutgan ASI - ning bu shakli hozirgi vaqtda to'la mavjud emas. Balki, faqat »Paxta yetishtirish-uni birlamchi qayta ishlash» jarayoni tarkib topgan, xolos. Viloyat donchilik agrosanoat majmui (DASM)ni olsak, u bir-biri bilan tashkiliy-iqtisodiy (va texnologik) jahatdan bog'langan quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: don yetishtirish va uni o'rib-yig'ib olish; yetishtirilgan donni maxsus baza (tayyorlov punkt)larda saqlash va saralash; un (guruch) ishlab chiqarish; un mahsulotlari ishlab chiqarish. Viloyat donchiligida mazkur tizimning barcha ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.49 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.49 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: doc