Agroturizm geografiyasi Agroturizm yetarli darajada shakllanib, rivojlangan davlatlar qatoridagi asosiy o'rinlarni G'arbiy Yevropadagi Italiya, Fransiya, Germaniya hamda AQSH davlatlari egallaydi. G'arbiy Yevropada agroturizm turizm sanoatining samarali va daromad keltiruvchi bo'g'ini sifatida shakllanishiga davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi sabab bo'lgan. Masalan, Italiyada agroturizmning o'ziga xos xususiyati, uni ekoturizm bilan birgalikda olib borilishidadir. Italiyaning Kampanya, Pulya, Trentino-Alto-Adidje, Marke va Kalabriya kabi provinsiyalarida agroturizm bilan ekoturizm birgalikda olib borilmoqda. Oxirgi 15 yil davomida mamlakatda qishloqda dam olishning mavqei yana ko'tarildi. Agar 1985 yilda Italiya 550 ming agro-ekoturist qabul qilgan bo'lsa, 199 yilda esa bu ko'rsatkich 1,7 mln.ga yetdi. Ular ichida chet mamlakatlardan kelganlar soni 10 % dan 18% ga oshdi. XX asrning 80-yillar o'rtasiga qaraganda bu sohada moliyaviy aylanma 7 marotabaga oshdi, ya'ni 85 milliarddan 615 milliard italiya lirasini tashkil qildi. Bu o'rinda hukumatning asosiy e'tibori agrar rayonlarga va aholini ish bilan bandligi muammo bo'lgan janubiy rayonlar - Bazilikate, Pulye, Kalabriya, Sitsiliya va Sardiniya kabi provinsiyalarga qaratilgan. Bugungi kunda Italiyada agro-ekoturistlarni qabul qilish uchun jihozlangan dehqon uylarining soni 9 mingta bo'lib, ular bir paytning o'zida 125 ming turistni qabul qila oladi. Provinsiyalar orasida Toskana (34%), Umbriya (14%), Sitsiliya (7%) yetakchilik qilmoqda. Fransiyada agroturizm oilaviy biznes - qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi bilan turizmning birlashmasidan iborat. Uning infratuzilmasi - uzumchilik, bog'dorchilik, baliqchilik, yilqichilik fermalaridan iborat. Bularning qoshida barcha zamonaviy qulayliklarga ega bo'lgan arzon mehmonxonalar mavjud. Erta tongda agroturistlarni haqiqiy qishloq ho'rozlari uyg'otadi, stolga yangi uzilgan va yuqori ekologik toza mahsulotlar va ichimliklar tortiladi. Kun davomida agroturistlar chinakam qishloq hayoti bilan tanishadilar, otlarda sayohat qiladilar, uzum terimida qatnashadilar. Bunday oilaviy dam olish shaharliklarda katta taassurot qoldiradi. Ko'p sonli chet elliklar, franso'zlarning o'zlari ham agroturizmni o'sib kelayotgan avlod uchun mustahkam tarbiya vositasi hisoblaydilar. Germaniyada agroturizm qishloq xo'jaligining iqtisodiy ahamiyati pasaygandan so'ng boshlandi. Bu davrda davlat tomonidan qishloq xo'jaligining qo'llab-quvvatlanishiga qaramay bir qancha muammolar yuzaga kelgan edi: ishsizlikning yuqori darajasi (ayollar orasida o'rtacha 30%gacha); mehnatga layoqatli aholining qishloqdan migratsiyasi; daromadning past darajasi; qishloqning tashqi ko'rinishidagi o'zgarishlar. Germaniyada agroturizmning ommaviy rivojlanishi oldingi asrning 70-yillarida boshlangan. Lekin 90-yillarning o'rtalariga qadar u faqat Germaniyaning g'arbiy qismidagina rivojlangan. Germaniyaning birlashuvidan keyin esa uning sharqiy qismi ham rivojlana boshladi. Nemislar Yevropadagi eng ko'p sayohatga chiquvchi millat hisoblanadi, ammo ularning 34% i Germaniya bo'ylab sayohat qiladilar. Turistlarning 13% i qishloq joylarida dam oladilar, ferma, qishloq pansionlariga joylashadilar. Ularning joylashishiga ko'ra agroturizm Germaniyada quyidagi turlarga bo'linadi: ► fermada dam olish; ► qishloq uchastkalarida dam olish; ► sharob ishlab chiqariluvchi uchastkalarda dam olish. Germaniyada agroturizmni rivojlantirishning ko'pgina yo'nalishlari ...

Joylangan
14 May 2024 | 11:04:02
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
23.52 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
14 May 2024 [ 11:04 ]
Bo'lim
Geografiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
23.52 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: pptx